Dunyodagi eng xunuk ayol qissasi

Dunyodagi eng xunuk hisoblangan, shu bilan birga odamlarni o‘ziga maftun qila olgan ayolning taqdiri ham hayratlanarli, ham fojiali kechgan. U vafotidan 153 yil o‘tgach dafn qilindi.

Bolalik davri

Xuliya Pastrana 1834 yilda Meksikaning Sinaloa shahrida tug‘ildi. U yoshligidan badavlat oilada xizmatkor bo‘lib ishlagan va sayohat qilish, ko‘p pul ishlab olib, katta mavqega erishish haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmagan edi. 20 yoshida egasining uyida u amerikalik mehmon bilan tanishib qoldi, u esa o‘z navbatida bo‘lajak “maymun ayol”ni AQShga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirib, u yerdagi sirkdagi frik shoularda ishlab ko‘p pul topishi mumkinligini aytdi. Nyu-Yorkda esa bunday “jonli eksponat”ni ko‘rgazmaga qo‘yib, katta daromad olishi mumkinligini biladigan va aynan ana shunday tomoshalarda pul ishlab topadigan Teodor Post ismli kishi sotib oldi. Qiz nafaqat frik shoularda ko‘rgazma sifatida ishlagan: u o‘zining nafis harakatlari tufayli raqs shoularining yulduziga ham aylanishga ulgurdi.

“Maymun ayol”ning tashqi ko‘rinishi

pinterest.com

Nega Xuliya bunday laqabni oldi va u oddiy odamlardan nimasi bilan farq qilardi?
Charlz Darvin (1809-1882) u bilan shaxsan tanish bo‘lgan va uni quyidagicha tasvirlab bergan:
“Raqqosa Xuliya Pastrana o‘zining mukammal raqsi bilan meni hayratda qoldirdi. Uning yuzida erkaklarniki kabi qalin soqol, peshonasida esa tuklar bor. Nihoyatda xunuk va shu bilan birga maftunkor ayolning yuqori va pastki jag‘larida ikki qatorli tishlar o‘sadi. Bo‘yi esa arang 140 santimetrga yetadi”.

Mashhurlik
Chiqishlarini Nyu-Yorkda boshlagan Xuliya tezda Amerika bo‘ylab gastrolm safarini boshladi. Uning tomoshasiga chipta qolmay ketardi.
Xuliya kirishimli, o‘qimishli, xushchaqchaq, dovyurak va... juda boy edi! U har doim muxlislar qurshovida bo‘lib, erkaklar e’tiborining doimiy markazida bo‘lardi. U tez orada Yevropaga jo‘nab ketdi va u yerda ham mashhurlikka erishdi.
Yevropa mamlakatlarida ham u ko‘plab muxlislarini topdi. Unga tez-tez turmush qurish bo‘yicha taklif qilishar, biroq u rad etardi. Raqqosa do‘stlariga o‘z hayotini uning puliga yashayotganlar bilan bog‘lashni istamasligini tan oldi.

pinterest.com

Haqiqatga aylangan tush
Xuliya Pastrana o‘zi qo‘rqqan taqdirdan qochib qutula olmadi. 1857 yilda u o‘z boshlig‘i Teodor Postga turmushga chiqdi. Eri do‘stlariga shunchaki o‘z pulini ko‘paytirish va boshqa yolg‘onchilarning uylanish ehtimolining oldini olish uchun Xuliyaga uylanganini tan olgan.
1859 yilda Teodor va Xuliya gastrol safari bilan Rossiyada bo‘lib, u yerda uni “braziliyalik maymun” va “chambarakli yubka kiygan maxluq” deb atashgan. O‘sha paytda u homilador edi va o‘g‘il bolani dunyoga keltirdi. Bola onasiga o‘xshab tug‘ildi va tug‘ilganidan uch kun o‘tib vafot etdi. Ikki kundan keyin og‘ir tug‘ruq asoratlaridan so‘ng Xuliyaning o‘zi ham vafot etdi. O‘sha paytda u atigi 26 yoshda edi.

Raqqosaning o‘limidan keyingi manfaat

pinterest.com

Rus professorlarining yordami bilan Teodor xotini va o‘g‘lini mumiyoladi. Ular shisha tobutda haq evaziga muzeylarning biriga qo‘yilib, namoyish qilinardi. Tobut mamlakatdan mamlakatga ko‘chirilib, har xil “qo‘rquv xonalariga” joylashtirilgan. Faqat 2013 yilga kelib jasad Meksikaga qaytarildi va 1860 yilda vafot etgan Xuliya 153 yil o‘tib, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Meksikada izzat-ikrom bilan dafn etildi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.