Dunyoning eng boy odamlarini o‘zaro nima bog‘lab turadi? Faqat pullarmi?
Quyida ularni bir-biriga o‘xshash 9 ta hayotiy jihatlari haqida bilib olasiz.
Bugungi kunda yer yuzida istiqomat qilayotgan aholining 2,8 foizini milliarderlar tashkil etar ekan. Ularning ko‘pchiligi boylikka o‘z aqli va kuchi bilan erishgan bo‘lsa, ayrimlariga ota-onalari yordam berishgan. Qaysi birlari esa zarur vaqtda, kerakli joyda bo‘lganligi sababli ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Ammo ularni birlashtirib turadigan ayrim hayotiy jihatlar bor.
AdMe.ru nashri dunyoning eng boy odamlarining yutuqlarini kuzatib, nafaqat mislsiz boylikka erishgan, balki hozirgi qaltis zamonda ularni saqlab qola bilganlarini aniqlashdi.
- Ota-onalar ko‘magi
Taniqli milliarder, Facebook asoschisi Mark Sukerbergning ota-onasi o‘g‘lini zerikarli bo‘lgan darslarda o‘tirishga majbur qilishmagan. Markning otasi tish shifokori bo‘lib, uning kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishini e’tiborga olib, unga o‘z klinikasi mijozlari bilan aloqa qilishi uchun maxsus dastur ishlab chiqishini taklif qildi. Qisqa muddatda o‘zi yaratgan ZuckNet dasturini ishga tushirib, mijozlarning uyidan turib, klinikada navbat olish, shifokorlar bilan muloqot qilishlari uchun sharoit yaratdi.
- Jahonning yana bir yirik boylaridan biri Larri Peydjning ota-onasi ham xuddi shunga o‘xshash yo‘l tutishgan. Bo‘lajak boyvachcha musiqadan ilhomlanib, kompyuterlarni buzib-tuzishga qiziqqan.
- Djeff Bezosning ota-onasi esa o‘g‘illarining tadbirkorlik qilishi uchun 300 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ tikishgan.
- Omadga faqat diplom bilan erishib bo‘lmaydi
- Jahonga taniqli bo‘lgan «Zara» kiyim kechaklar brendi asoschisi Amansio Ortega kambag‘al oilada dunyoga keladi. U hatto o‘rta maktabni ham oxirigacha tugatmagan. 13 yoshida kuylaklar do‘koniga buyurtma tashuvchi bo‘lib ishga kirgan. 14 yoshga kirganida «ovora bo‘lmanglar, bu boladan haqiqiy dizayner chiqmaydi» deb ustidan kulgan ispan tikuvchisiga yordamchi bo‘lgan.
- Uorren Baffett ham ota-onasining yordami bilan bakalavr va magistr darajalarini olgan ekan.
- Oliy ma’lumot inson hayotida har doim ham muhim o‘rin tutmaydi deganlardan biri Bill Geytsdir. Kompyuter texnologiyalari sohasida milliarderga aylangan amerikalik oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirib, uni oradan 34 yil o‘tgachgina bitirib, diplomga ega bo‘lgan.
- Tashqi ko‘rinish
Shinam va qulaylik - bu 15 milliard AQSh dollari miqdoridagi boylikka ega bo‘lgan insonlar tanlagan yo‘l. Ular ertalab kiyim tanlash uchun vaqt sarflamaydi. Bu ishni ular uchun xotinlari bajarishadi. Ruhshunoslarning fikricha, ayrim kiyimlarning rangi o‘ta qiyin vaziyatlarda ham to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam berar ekan.
- Oila
Boylarning hayotidagi eng qiyin vaziyatlarida yonlarida doimo sevimli kishilari – rafiqalari hamrohlik qilishgan. Ular turmush o‘rtoqlarining cho‘ntagida bir chaqasi ham bo‘lmasada, chiranib kallasidagi amalga oshirish qiyin bo‘lgan bo‘lmag‘ur tashabbuslarini ham, ilk yutuqlarini qo‘lga kiritganda ham qo‘llab-quvvatlab kelishgan.
- Bill Geyts 20 yil ilgari oyog‘iga odmigina tufli kiygan go‘zalning yuragini zabt etgan.
- Ingrid Baffettxonim esa o‘z «shahzoda»si bilan uchrashgunicha oshxonada idish-tovoq yuvuvchi bo‘lib ishlagan. Ammo, o‘zining samimiyligi bilan milliarder sevgisini qozongan. Ularning baxtli hayoti 30 yil davom etdi.
- Alibaba Group asoschisi Jek Maning turmush o‘rtog‘i milliarderni hali universitetda o‘qib yurgan chog‘laridayoq qo‘llab-quvvatlagan. U erining vaqti kelib bir oyda 1 million dollar topishiga ishongan. Mana 25 yildan oshibdiki unga ishonib keladi.
- Bernar Arno o‘z xotini bilan ilk marta 28 yil ilgari uchrashgan bo‘lsa-da, biror marta yolg‘iz qoldirmagan. Aytishlaricha, asli pianinochi bo‘lgan ayol milliarderni musiqaga bo‘lgan iqtidori bilan lol qoldirgan. Shuningdek, rafiqasi unga uchta o‘g‘il sovg‘a qilgan.
- Xobbi
Milliarderlar ishdan bo‘sh vaqtlarda sevgan mashg‘ulotlari, ya’ni, xobbisi orqali ham daromad qilishgan. Psixologlar sevgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanish insonning tushkunlikdan xalos etish uchun vositalardan biri deya ta’kidlashadi. Bundan tashqari, ular futbol bilan shug‘ullanib, kuchli klublarni sotib olishadi. Turli qo‘ng‘izlardan kolleksiya qilishadi. Ammo, ko‘p vaqtini xayriya ishlariga sarflashi ham bor gap.
Jumladan, Jek Ma Xitoyning qishloqda yashovchi aholisining ta’lim olishini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etgan.
- Kompyuter ishlab chiqaruvchi «Dell» kompaniyasi rahbari Maykl Dell rafiqasi bilan birgalikda kambag‘allar yashovchi hududdagi bolalar muammolarini bartaraf etish bilan shug‘ullanishadi.
- «Google» asoschilaridan biri Larri Peydj Ebola bezgagiga qarshi kurash olib boruvchi jamg‘arma ishlari bilan band.
- Omadsizlik bilan yonma-yon
Mislsiz mablag‘ga ega bo‘lishidan oldin har bir boyning faoliyatida ko‘tarilish va pasayishlar yuz bergan.
- Taniqli ixtirochi Jeyms Daysonning qo‘lga kiritgan yutuqlari 15 yil davomida 5127 qopsiz changyutgichni kashf etilishi bilan bog‘liq. Xotini esa bolalarni tarbiyalab, oilasini ta’minlash uchun rasm chizishdan dars berib, pul ishlash orqali o‘z erini har tomonlama qo‘llab kelgan.
- Apple kompaniyasi asoschilaridan biri Stiv Djobs esa Apple 3, Macintosh Portable, Lisa kompyuterlarini, shuningdek, QuickTak kameralari kabi zamonaviy texnikalar ustida qayta-qayta ishlayverib, hayotga tatbiq etib kelgan. Uning kompaniyasi o‘z vaqtida 10 marta yirik inqirozga uchragan. Ammo, yangiliklarga o‘ch bo‘lgan tadbirkor o‘z ixtirolarini takomillashtirishdan charchamagan. Ayrim texnikalar uning o‘limidan so‘ng ham shogirdlari tomonidan qayta takomillashtirilmoqda.
- Uolt Disney o‘zi yaratgan eng omadli Osvald obrazi uchun bo‘lgan huquqni qo‘lidan boy bergandan ikki yil o‘tib, kompaniyasi inqirozga uchragan. Gollivudga borgach, animatsiya asrini boshlab bergan yangi qahramon Mikki-Mausni kashf etdi.
- Farzandlar
Har bir boyvachcha o‘z farzandlarining qulayroq sharoitlarda yashashini istaydi. Shunga qaramay, bolaligidayoq ular ongiga o‘zgalar mehnati tufayli topilgan pullarni sarflashda hurmat qilishni singdirishadi.
- Bill Geyts o‘z farzandlariga qo‘l telefonlaridan foydalanishni taqiqlagan, shuningdek, internetdan foydalanish vaqtini ham cheklab qo‘ygan.
- Uorren Baffett o‘z bolalari boshlagan ishlarni doim qo‘llagan va oilasi bilan oddiy turmush tarzini olib borgan. Farzandlari esa otasini milliarder ekanligini gazetalardan o‘qibgina bilib qolishgan.
- Jamiyat foydasiga ishlash
- Ham tadbirkor, ham ixtirochi Ilon Mask esa bolaligidan doimo koinot haqida orzu qilgan. U tuzgan o‘ta iqtidorli olimlardan iborat jamoa tufayli koinotni o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Masalan, ular Falcon-9, Dragon SpaceX i Falcon Heavy kabi koinotga yirik yer yo‘ldoshlari va boshqa eng zarur tadqiqot ishlarini olib boruvchi asbob-uskunalarini olib chiqishga yordam beruvchi yuk tashuvchi kosmik kemalarni yaratishgan.
- Mark Sukerberg o‘z do‘stlari bilan gaplashib turish uchun yaratgan aloqa vositasi orqali hozirda har oyda 2 milliard odam muloqot qilmoqda. Ular hayotidagi eng qiziqarli lahzalardan bahramand bo‘lishmoqda.
Milliarderlar o‘z orzularini hayotga tatbiq etar ekan, jamiyatdagi muammolardan chetda qolishmayapti. Balki, uning rivojlanishida ham o‘z hissalarini qo‘shishga intilishmoqda.
- Jamoaga bo‘lgan ishonch
Jahonning eng boy odamlari ham o‘z yordamchilari ko‘magisiz hech narsaga erisholmagan bo‘lardi. Ammo, ularning har biri o‘z jamoasini turlicha boshqarishni istaydi.
- «Google» xalqaro tizimi asoschilari Larri Peydj i Sergey Brin o‘z kompaniyasi xizmatchilariga har tomonlama ko‘maklashishga harakat qilishadi. Jumladan, xodimlarga ish vaqtining 20 foizini shaxsiy loyihalarini amalga oshirishlari uchun ajratishga ruxsat berishadi. Shuning uchun ham jamoada a’zolarni ortiqcha nazoratsiz ishlashini ta’minlash mehnat qilish madaniyatining asosi hisoblanadi.
- «Virgin Group» rahbari Richard Brenson xodimlar uchun yengillik yaratish birinchi o‘rinda turishi kerak deb hisoblaydi. Ikkinchi - mijozlar, uchinchisi esa aksionerlar manfaati haqida bosh qotirish lozim deb o‘ylaydi. Shuningdek, u zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bir davrda xizmatchilar o‘z ishxonalarida haftasiga 40 soatdan ortiq ishlamasliklari lozim. Shundagina ular o‘zlarini baxtli hisoblab, samarali mehnat qilish uchun zamin yaratadi, deb fikr qiladi milliarder.
Dilmurod To‘xtayev tayyorladi.