Dunyoning g‘alati haykallari
#O‘qing_qiziq!
Dunyo mualliflarining cheksiz xayolot olamidan guvohlik beruvchi minglab noyob yodgorliklar mavjud. Ular allaqachon shaharlar ko‘rkiga aylanib, hududga alohida joziba baxsh etadi. “Mir novostey” haftanomasi dunyoning turli chekkalarida o‘rnatilgan eng hayratomuz haykallardan saralab e’tiborga havola etadi.
“Jandali sayyoh”
Fransiya. Sakkiz yil avval fransuz haykaltaroshi Bruno Katalano “Sayyoh” deb nomlangan haykallar seriyasini yaratishga kirishdi. Oddiy tomoshabinlar usta durdonalarini hazil-mutoyiba bilan “Jandali odamlar” deb atashdi. Bu mubolag‘a emas edi. Chindan ham Katalano sayyohlarning bor budi bilan qanday bo‘lsa, shunday qiyofada yaratgandi: sayyoh qo‘lida chemodan, ust-bosh esa eski-tuski, yupun. Shim orqasida katta yirtiq. Sinchkov odamlar bu sayyohning ichki dunyosi bo‘m-bo‘shligini ko‘rsatadi, deya talqin qiladilar. Fransiyada Marsel portida 2013 yilda “Jandali sayyohlar”ning birinchi guruhi haykallari o‘rnatildi. Bruno Katalano jahonning shahar va posyolkalari uchun yuzga yaqin shunday haykallar yaratishga ulgurdi.
AQShda Jorj Floyd byusti
Bu o‘sha hozirda butun dunyoda gapirilayotgan yodgorlik. U hech bo‘lmaganda shu bilan qiziqki, uning o‘limi AQShda ommaviy tartibsizliklar va Black Lives Matter harakati paydo bo‘lishiga olib keldi.
Yumshoq qilib aytganda o‘sha – qonunni pisand qilmaydigan, soxta pullarni ishlatishda shubha qilinib ko‘chada ushlangan Floyd. Biroq ma’lum bo‘lishicha, politsiya sal vakolatini oshirib yuborgan. Floyd bug‘ilib o‘lgan. Mamlakat norozilikdan larzaga keldi. Natijada dunyoning bosh shahri markazida haykaltarosh Kris Karnabuchi yaratgan balandligi 2 metr keladigan ulkan yodgorlik paydo bo‘ldi.
“Tosh poyabfzallar”
Vengriya. Dunay qirg‘og‘i. Budapeshtda yorqin va fojiali haykal kompozitsiya joylashgan. U fashizm qurbonlariga bag‘ishlangan Vengriyada Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar va ularga yollangan sotqinlar yuzlab odamlarni Dunay sohiliga olib kelib otib tashlashgan. Fojiaviy o‘limdan oldin mahkumlarga oyoq kiyimlarini yechish buyurilgan. Oradan yillar o‘tib haykataroshlar Pauer va Togay ushbu yurakni ezuvchi manzarani yodgorlikka aylantirdi; supada 60 juft ayollar va bolalar poyabzali qotillikka guvoh bo‘lib turibdi. Ular temirga quyilgan. Yodgorlik ortida tosh o‘rindiq turibdi. Unga ivrit, venger, ingliz tillarida “1944-1945 yillarda Dunay sohilida otilgan qurbonlar yodgorligi. 2005 yilda o‘rnatilgan” degan yozuv bor. Yodgorliklar shundoqqina Vengriya parlamenti binosi ro‘parasida o‘rnatilgan.
“Maman”
Kanada. 1999 yilda Kanada poytaxti Ottavani o‘n metrlik o‘rgimchak haykali bezadi. U bronza va zanglamaydigan po‘latdan yasalgan taniqli amerikalik haykaltarosh va rassom Luiza Burjua o‘z fantaziyasi mahsulini ana shunday ko‘rinishda ifoda etdi. Haykal “Maman” degan nom oldi. Ushbu ishini ayol jurnalistlarga odamlardagi har narsadan qo‘rqinch hissini yengish uchun yasaganini aytdi. Galereyani Teyt muallifdan 3,2 million dollarga sotib olib, Ottavadagi Kanada milliy galereyasiga kirish maydoniga o‘rnatdi.
“Erkin bo‘lish istagi”
AQSh. Filadelfiya. Erk va ozodlikka intilish insonga xos. Buni grek haykaltaroshi Zenos Frudakis inson qiyofalarini devorga o‘yib yasash bilan aks ettirdi. Kompozitsiya mumlangan devorga o‘yilgan. Unga chapdan o‘nga erkdan mahrum odamning qanday qilib ozodlikka erishgani tasvirlangan. Asta-sekin u mahkumlik hissiyotlaridan qutulib haykal oxirida erkinlikka chiqib ketadi. Ushbu haykal qullikdagi odamni ozodlikka chiqishi o‘z qo‘lida ekanligiga ishoradir.
T.Shomurodov tayyorladi.