Dushanbedagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan kuchli portlash oqibatida 29 kishi jarohat oldi
- 02.05.2021 11:52
- 48
- Xorij
Shanba kuni Dushanbedagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida 29 kishi jarohat oldi. Ulardan besh nafari og‘ir ahvolda, dedi RIA Novostiga Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot kotibi Umeda Yusufiy.
Shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da Dushanbening g‘arbiy chekkasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Yong‘in alangasi kamida 50 metr balandlikka yetgan, atrofdagi uylarga zarar yetgan. Yong‘in 10 ta ekipaj tomonidan bir yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Yaqin atrofda joylashgan tez yordam stansiyasining shoshilinch tibbiy punktiga kuyish va boshqa jarohatlar bilan 15 nafar yarador murojaat qilgan.
Yusufiyning ta’kidlashicha, yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuzaga kelgan yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ekologiya uchun 20 ming tup ko‘chat
- 2 soat avval
- Samarqand