DXRdagi harbiy ro‘yxatga olish va qabul qilish bo‘limlari fuqarolarning katta oqimi tufayli kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda
- 20.02.2022 11:43
- 132
- Xorij
Donbassda umumiy safarbarlik e’lon qilindi.
"Ayni damda Donetsk Xalq Respublikasini himoya qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarning katta oqimi kuzatilmoqda. Komissiyalar kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda va o‘z ishini uddalashmoqda", deyiladi xabarda.
Avvalroq DXR va LXR rahbariyati Kiyevdan kelayotgan tahdid munosabati bilan fuqarolarning Rostov viloyatiga vaqtincha evakuatsiya qilinishini ma’lum qilgandi.
Aholini evakuatsiya qilish kecha boshlandi - birinchi navbatda bolalar, ayollar va nafaqaxo‘rlar Rossiyaga olib chiqildi. Bayonotlarga ko‘ra, bu qaror Ukraina harbiylari pozitsiyalaridan kuchaygan o‘qqa tutish munosabati bilan qabul qilindi. Shu sababli Rostov viloyatida favqulodda holat joriy etildi.
Rossiya va tan olinmagan respublikalar Ukrainani sharqqa zarba berishga tayyorlanayotganlikda ayblamoqda. Kiyev buni rad etmoqda.