DXX Samarqandda fuqarolarni aldov yo‘li bilan Meksika orqali AQShga noqonuniy yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh a’zolarini ushladi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston fuqarolarini aldov yo‘li bilan Meksika orqali AQShga noqonuniy yuborish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, Samarqand shahrida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan R.O. va 1979 yilda tug‘ilgan S.R. mahalliy fuqaroni 32.000 AQSh dollari evaziga Meksika davlatining aylanma yo‘llari orqali AQShga yuborishni va’da qilib, oldindan kelishilgan mablag‘ning 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.