Elchi Komil Rashidov: O‘zbekiston Qirg‘izistondan elektr energiyasi sotib oladi va bu borada hamkorlikni kengaytirishga tayyor
O‘zbekistonning Qirg‘iziston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Komil RAShIDOV Qirg‘izistonda faoliyat yuritayotgan www.cabar.asia nashri muxbiri savollariga javob berdi. Quyida ushbu suhbatni qisqartirilgan holda e’tiboringizga havola etamiz.
- Keyingi uch yilda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida tovar aylanmasi qanchaga o‘sdi?
- Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan yangi yondashuvi mamlakatimiz va Qirg‘iziston o‘rtasida turli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish imkonini berdi, - deya gap boshladi Komil Rashidov. – Jumladan, o‘zaro savdo munosabatlarida ham hamkorlik kuchaymoqda. 2016 yilda bu atigi 169 million AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 2017 yil yakuni bo‘yicha bu raqam 259 million dollarga yetdi. 2018 yilning yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra, o‘zaro tovar aylanmasi 243 million dollarni tashkil qildi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining turli uchrashuvlar chog‘idagi chiqishlari va bayonotlarida yillik tovar aylanmasini 500 million dollargacha yetkazish vazifasi qo‘yildi. Ushbu maqsadga erishish uchun bizda katta resurslar va imkoniyatlar mavjud. Biz Qirg‘iziston bozoriga avtomobil, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar taklif etishga tayyormiz. Bizda, shuningdek, eksport uchun qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarilmoqda.
2017 yilda hukumatlararo moliyaviy hamkorlik haqida bitim imzolandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati qirg‘iz iqtisodiyoti va ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratdi. Bu - jahon tajribasi, mustaqil O‘zbekiston tarixida hali amaliyotda qo‘llanilmagandi, chunki bizning o‘zimiz shunday yordamga muhtoj edik. Hozirda esa ko‘makchi rolida chiqyapmiz. Bu ham O‘zbekiston iqtisodiyoti va siyosatida ijobiy o‘zgarishdir.
- Bu mexanizm qanday ishlayapti?
- O‘zbek tomoni O‘zbekistondan Qirg‘izistonga tovarlar va xizmatlar eksporti uchun 100 million dollar ajratdi. Minimal kelishuv 1 million dollarni tashkil qiladi, ya’ni bu 100 million va 100 kelishuv yoki 100 millionga bitta kelishuv bo‘lishi mumkin. Har ikki tomondan vakolatli banklar bor, ular bu shartlarni kelishib olishlari zarur. Qirg‘iz tadbirkorlari ushbu tovarni o‘zlariga olishlari (qarzga) mumkin, pul esa O‘zbekistonda turadi, ular ushbu pulni to‘lovchilar hisoblanishadi. U yerda ushbu vositalarni qaytarish mexanizmi mavjud – ular ishlashi, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotishlari mumkin. Vaqti kelganda esa vositani qaytarishni boshlashadi.
- Necha millionga bitim tuzildi?
- Men raqamlarni keltirolmayman, ishonchim komil, bu yil ushbu vositalardan foydalanishda faollashuv ro‘y beradi. O‘zbek tomoni, o‘zbek ishlab chiqaruvchilari Qirg‘iziston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun hamkorlik qilishga tayyor.
O‘zaro savdo – bu ikki tomonlama harakat ko‘chasi. Biz hozirda Qirg‘izistondan elektr energiyasi sotib olyapmiz. 2017 yilda 1 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga biz shartnoma imzolagandik va asta-sekin to‘lab boryapmiz. Energetiklarimizning qirg‘iz energetiklari oldida qarzlari kuzatilmayapti. Biz qurilish materiallari sotib olyapmiz. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – kartoshka, noyob qirg‘iz noki va olxo‘risi ham bozorlarimizda topiladi.
Bizning bozor ochiq va faqat bitta ishlab chiqaruvchini bozorda o‘z mahsulotiga ega bo‘lishini qo‘llash yoki monopoliyaga aylantirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Har qanday xorijiy ishlab chiqaruvchi agar bizga o‘z mahsulotini olib kelsa, boj to‘laydi. Ayrim mahsulotlar bo‘yicha bizda stavka nol; o‘zimiz ishlab chiqarayotganlarga esa boj poshlinasi mavjud. 2017 yil 1 oktyabrdan bizda yangi import poshlinalari amal qilmoqda. Misol uchun, kartoshka, qo‘y va mol go‘shti uchun 0 foiz, qaysidir tovarlarga esa poshlina 10 foizni tashkil qiladi.
Xorijiy yetkazib beruvchilarga import poshlinasi stavkasi og‘irlik qilmaydi. Biz gazmol ishlab chiqaramiz. Shuning uchun chetdan keltirsak poshlina tovar qiymatidan 30 foizni, gilam ishlab chiqaramiz - poshlina 30 foiz tashkil qiladi. Biz vagon ishlab chiqarmaymiz – 0 foiz, buldozerlar ishlab chiqarmaymiz – 0 foiz, elektrtovarlar ishlab chiqarmaymiz – 0 foiz. Biz ishlab chiqaradigan xuddi shunday elektr tovarlarga esa poshlina bor. Bizda ishlab chiqariladigan maishiy texnikalarga stavka 10 foizgacha.
- Ikki davlat tadbirkorlari birgalikda qanday iqtisodiy loyihalarni amalga oshirmoqda?
- 2018 yilda prezidentlar tashriflari yakunlari bo‘yicha biz faqat ikkita loyihani amalga oshirdik. Biri - O‘sh oblastining Qorasuv rayonidagi loyiha qiymati 1 million dollar bo‘lgan plastik rom va eshiklar ishlab chiqaradigan o‘zbek-qirg‘iz qo‘shma korxonasidir.
Ikkinchisi – «Artel» kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish. Uning ham loyiha qiymati 1 million dollar. Har ikkala ishlab chiqarishda 150 mingdan ortiq ishchi ishlayapti.
Hozirda bizning tomon qishloq xo‘jaligi texnikalari, avtomobil mashinalari, qurilish materiallari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha konsensus qarorga kelingani yo‘q.
Hududiy loyihalar haqida gapiriladigan bo‘lsa, bitta loyiha - O‘zbekiston - Qirg‘iziston – Xitoy xalqaro avtomobil yo‘lagi allaqachon amalga oshirildi. Tig‘iz loyiha 2017 yilda ishga tushirildi. Ushbu loyiha o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Yana bir muhim loyiha – bu Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temiryo‘li loyihasidir, biz uni amalga oshirilishini kutyapmiz. O‘zbekiston o‘z qismini Farg‘ona vodiysi bo‘ylab 123 km. va tunnel orqali 19 km. temiryo‘lni qurib bo‘ldi.
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan to‘rtta temiryo‘l va to‘rtta avtomobil yo‘l tutashmasi punktiga ega. Qaysi biri maqbul topiladi – bu Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston uch tomonlama ishchi guruhi qaroriga bog‘liq. Ehtimol, uning formati kengayar, chunki ushbu loyihada ishtirok etishni xohlovchi manfaatdor tomonlar bor.
- Chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish haqida nima deya olasiz?
- 2017 yil yakunlari bo‘yicha biz O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 1170 km (barcha chegaralar uzunligi – 1378 km.ga yaqin) chegaraga huquqiy rasmiylashtirishga egamiz. Bu 80 foizdan yuqori, endi qolgan qismi ushbu shartnomadan tashqarida qolmoqda. Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlar ishchi guruhlari muzokaralari g‘oyat ishchanlik va do‘stona vaziyatda bormoqda. Biz shoshmasligimiz va ushbu masalada tezkor qaror kutmasligimiz kerak.
Hozirda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida 14 ta nazorat-o‘tkazish punkti (KPP) mavjud. To‘rttasi avtomobil yo‘llari va to‘rttasi temiryo‘l punktlari, qolganlari piyoda. Hammasi o‘z rejimi bo‘yicha ishlamoqda. Bizning nazarimizda mamlakatlarimiz o‘rtasida nazorat o‘tkazish punktlari (KPP) sonini ko‘paytirish zarur. Barcha KPPlardan faqat «Do‘stlik-Dostuk» punkti xalqaro maqomga ega. U ham yengil, ham yuk mashinalari, shuningdek, yo‘lovchilarning o‘zlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Bu xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ancha mushkullik tug‘diradi, odamlar uchun ham noqulaylik yaratadi.
Differensiyalash lozim bo‘lgan juda ko‘p misollar bor: alohida yo‘lak hosil qilish va u yerga, masalan, yengil mashinalar va yo‘lovchi avtobuslarni aralashtirmaslik, shuningdek, yengil va yo‘lovchi tashish mashinalari uchun alohida yo‘lak hosil qilish. Ammo ba’zan shunday bo‘ladiki, u yerda na yengil, na yuk mashinasi bor, faqat piyoda o‘tish yo‘lagi mavjud. Agar o‘sha joylarda ham bojxona va chegara postlari barcha tegishli infrastrukturasi rasmiylashtirilsa, har ikkala tashkilotga o‘z vazifalarini risoladagidek bajarish uchun imkoniyat yaratiladi. Bu fuqarolarning ham davlat chegaralarini kesib o‘tishda ayrim tartib buzilishlarining oldini oladi.
- Shavkat Mirziyoyev Bishkekka tashrifi chog‘ida Qirg‘izistonning gidroenergetik loyihalarini amalga oshirishda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik zarurligini gapirdi. Ushbu masalada O‘zbekiston o‘zini qanday rolda ko‘radi?
- 2017 yilda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning ikki energetik kompaniyasi "Qambar ota GESi bo‘yicha hamkorlik haqida memorandum imzoladilar. Ushbu hujjat mohiyati shundaki, gidrotexnik inshootga tegishli qurilish, foydalanish, investitsiya texnologiyalarni jalb etish – barchasi ikki ishchi guruh darajasida o‘rganilishi lozim. Investitsiya masalasi alohida ko‘rib chiqiladi. Ushbu memorandum shu masalada gidroenergetikani o‘zaro muloqotlar uchun maydonga ega bo‘lish imkoniyatini ochadi. O‘tgan yili Rog‘un GESi agregatlaridan biri ishga tushirildi, unda O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etdi, shu jihatdan ushbu rejada ham biz hamkorlik qilishga tayyormiz.
Ikkinchi – 2017 yilda davlatimiz O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida birgalikda suv xo‘jaligi komissiyasi tuzishga qaror qildi, ushbu komissiya barcha suv masalalarini kompleks qarab chiqishi uchun tegishli hujjatlar qabul qilindi.
- Ma’lumki, Qirg‘iziston va Tojikistonda GES qurilishi va ishga tushirilishida yozda suv to‘plash ro‘y beradi va tegishli tarzda O‘zbekiston suvni kam oladi. Bu vaziyatda O‘zbekiston o‘zi uchun qanday maqbul qarorni ko‘radi?
- Men hozir oldindan biror narsa deya olmayman. Ushbu hamkorlikning mohiyati shundaki, eng muhimi – zarar yetkazmaslik. Hozirda biz masalan, Qirg‘izistondan elektr energiyasi sotib olyapmiz, iqtisodiyotiga ma’lum ulush qo‘shamiz. Payt bo‘lgan, biz elektr energiya sotib olmaganmiz, energetik infrastruktura uzib tashlangandi, u hozir tiklandi. Bundan tashqari, bular samarali hamkorlikni amalga oshirish uchun xizmat qiladi, qandaydir balans bo‘lishi uchun suv olamiz va elektr energiyasi xarid qilamiz.
- Bundan chiqdi O‘zbekiston kelishuvlarning yangi formulasini ko‘rib chiqyapti: bir tomondan, yoz vaqtida Qirg‘iziston sug‘orish uchun zarur suv me’yorini ta’minlaydi, boshqa tomondan O‘zbekiston qirg‘iz GESida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ma’lum ulushini sotib oladi.
- Ha. Bizda harakatdagi va yangi irrigatsiya inshootlari qurilishlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilingan. Biz yangi elektr stansiyalar qurilishi va modernizatsiyasi bo‘yicha davlat dasturi va AES qurish qarorini qabul qildik. Va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilyapmiz: paxta ekishni qisqartiramiz, kam suv talab qiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ko‘paytiramiz.
Masalan, biz meva va sabzavotga ko‘proq urg‘u beryapmiz. Intensiv bog‘lar barpo etilayapti, tomchilatib sug‘orish ko‘proq foydalanilyapti. Hozir biz achchiq qalampir, kaperslar, solodni ko‘paytiryapmiz, yong‘oqzorlarni kengaytiryapmiz. Ya’ni, qishloq xo‘jaligi ekinlarining eksportga mo‘ljallangan turlariga ko‘proq e’tibor berildi.
- Bu iqtisodiy jihatdan qanchalik qulay? Paxta bo‘yicha O‘zbekistonda iqtisodiy munosabatlar shakllangan, O‘zbekiston «oq oltin» eksporti bo‘yicha jahonda yetakchilardan biri sifatida tanilgan…
- Biz o‘z vaqtida paxtadan ko‘p tola olganimizda daromadimiz 1 milliard AQSh dollariga yaqin edi. Hozir kam, chunki ekishni qisqartiryapmiz. Biz xom ashyo eksport qilmaymiz. Hozir paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning klaster shakliga o‘tdik.
- Bu nimani bildiradi?
- Bu degani, bizda endi paxtani ekishga ham, yetishtirish, yig‘ib-terib olish va qayta ishlashga ham javob beradigan ishlab chiqaruvchining o‘zidir. Ya’ni, unga qancha kerak bo‘lsa, shuncha ekadi va qayta ishlaydi. Oldimizga xom ashyoni boshqa eksport qilmaslik vazifasi qo‘yilmoqda. Biz endi tayyor mahsulotni ko‘proq eksport qilamiz. O‘tgan yili biz qo‘lda terilgan bir kilogramm xom ashyo qiymatini 10-12 sentgacha ko‘paytirdik. Ilgari ikki marta kam edi.
Biz tajribani baham ko‘rishga tayyormiz, o‘zimiz o‘rganamiz. Bizdagi ushbu klasterlar Farg‘ona vodiysida, chegara tumanlar va boshqa viloyatlarda o‘z mevasini bera boshladi. Bu majmua, ishlab chiqarishda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Qishloq xo‘jaligidan tortib sanoat ishlab chiqarishigacha.
2018 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti majburiy mehnatdan foydalanilyaptimi - yo‘qmi, deya monitor kuzatuv o‘tkazish uchun to‘liq imkonga ega bo‘ldi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, majburiy mehnat yo‘qligi nafaqat Butunjahon banki, boshqa nufuzli tashkilotlar, xorijiy davlatlar tomonidan tan olindi, hozir majburiy mehnatga chek qo‘yish sohasidagi islohotlarga baho berishmoqda. Hatto, AQSh Prezidenti ma’muriyati o‘z hujjatlarida ushbu maqomni belgilashda o‘zining yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqdi.
Bu ham O‘zbekiston hukumati Prezident boshchiligida majburiy mehnatni yo‘qotishga qat’iy kirishganini bildiradi.
Biz xalqaro tashkilotlar, huquqni himoya qilish tashkilotlari, hatto o‘ta tanqidiy kayfiyatdagilarning tavsiyalarini o‘rgandik. Shunga qaramasdan, O‘zbekiston hukumati ular bilan barcha muloqotlarni konstruktiv-ishchanlik ruhida o‘tkazdi. Chunki boshqa tomon kamchiliklarimizni ko‘radi. Bu oqilona yondashuv, chunki hamkorlik orqali oldinga harakatlanish mumkin. U yoki bu kamchilikni yo‘qotish – O‘zbekiston Prezidentining siyosati.
- Bu yondashuv mamlakat nufuzini oshirishga yordam beryaptimi?
- Albatta. Biz O‘zbekistonda yashayapmiz. Odamlar o‘zgarishlarni qandaydir xayoliy kelajakda emas, hozirda ko‘rishni va bu o‘zgarishlar shaxsan unga nima berishini bilishni istashadi.
- Klaster tizimiga o‘tishda gazmol sifati jahon darajasida qanchalik raqobatlashishga imkon beradi?
- Biz shoshma-shosharlik, almisoqdan qolgan texnologiyalar bilan paxta yetishtirish va jahon yutuqlaridan ortda qolishni istamaymiz. Bu klaster xo‘jaligi tashkilotchilari yoki ishlab chiqaruvchilar manfaatiga mos kelmaydi. Hukumat bunday vazifa qo‘yayotgani ham yo‘q. Nima uchun o‘zimizga innovatsion yo‘l tanladik? Negaki, klasterda yoki innovatsion taraqqiyotda ungacha bo‘lganidan boshqacha yondashuv yotibdi. U iqtisodiy taraqqiyot bobida ham, ilmiy-texnik taraqqiyot bobida ham yutuq va o‘sishiga imkon berishi kerak.
Biz xalqaro to‘qimachilik yarmarkalarida ishtirok etamiz, shu bilan birga o‘zimizda ham shunday yarmarkalar o‘tkazamiz. Ularga ko‘plab ishlab chiqaruvchilar, jumladan, to‘qimachilik mahsulotlari, bizning an’anaviy sheriklarimiz taklif qilinadi, bu o‘zaro hamkorlik uchun maydon yaratadi.
Barcha yarmarkalar paytida ular ishlab chiqarishni boshidan oxirigacha ko‘rishiga muvaffaq bo‘lishadi, jumladan, klasterli ishlab chiqarishni ham. Ularda yaratilayotgan mahsulot jahon brendlari, jahon texnologiyalariga muvofiq kelishi haqida tasavvur paydo bo‘lishi yoki to‘g‘ri axborot olishi uchun zarur barcha imkoniyatlar yaratiladi. U yoki bu innovatsion qarorlarni joriy eta turib biz texnologiya, uskunalarni Germaniya, Janubiy Koreyadan olib kelyapmiz. Buni odamlar ko‘rishadi va sifatli mahsulot ishlab chiqarayotganimizga ishonch hosil qilishadi.
Manba: www.cabar.asia