Elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinayotgani yaxshi. Ammo ushbu xayrli ish bajarilayotgan hudud, ko‘cha nomi to‘g‘ri yozilishi kerak (axborot tahrirsiz berilmoqda)
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi “Samarqand shahrida 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari” to‘g‘risidagi 415 sonli qaroriga asosan Samarqand shahrining Gulobod, Afrosiyob, Amir Temur, U.U.Djuraqulova, Uzbektrakt, Rudakiy va Ibn Sino ko‘chalarida 6-10 kV kabel elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilish ishlari, Sadriddin Ayni, Pendjekent ko‘chalarida yangi 35 kV kabel elektr uzatish tarmoqlari yotkizish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek Samarqand tumani Konigil maskanidagi Eshkak eshish kanali xududida barpo etilayotgan “Samarkand SITI” atrofidagi 0,4-10 kV elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinmoqda.
220/110/35/10/6 kV Cho‘pon ota podstansiyasidan chikuvchi 110 kV L-Chupon-Ota xavo elektr uzatish tarmog‘ini “Samarkand SITI”ga o‘tish uchun qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichi (most)dan balandrokga ko‘tirish uchun loyiha-smeta xujjatlari tayyorlanib, balandligi 32 metrli 2 dona U-110-1+14 markali temir tayanchlar o‘rnatilmoqda”.
Tahririyatdan: Bugun nafaqat hokimliklar va boshqarmalar, balki aksiyadorlar jamiyatlari, davlat unitar korxonalarida ham axborot, matbuot xizmatlari joriy etilib, ularga mas’ul xodimlar biriktirilgan. Aksariyat axborot xizmati xodimlarining ushbu lavozimga tayinlanganiga bir yildan oshgan bo‘lsa-da, hali-hanuz ayrimlarning vazifasiga sovuqqonlik, mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgani, o‘zi yashab turgan hududdagi ko‘chalar, joy nomlarini xato qo‘llashi ajablanarli.
Yuqoridagi axborot “Zarafshon” gazetasi, Zarnews saytiga yo‘llanayotgan yuzlab materiallarning biri. Bir enlik ushbu axborotda o‘nlab imlo xatolar, uslubiy kamchiliklarning borligi mayli. Ammo “U.U.Djuraqulova, Uzbektrakt, Sadriddin Ayni, Pendjekent, Samarqand tumani Konigil maskanidagi Eshkak eshish kanali xududida barpo etilayotgan “Samarkand SITI” kabi noto‘g‘ri qo‘llanish bilan bog‘liq holatlar o‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeiga e’tiborsiz bo‘lmagan har qanday kishining ensasini qotiradi.