Endi DXMga onlayn navbatga turishingiz mumkin
Davlat xizmatlari agentligi sohani takomillashtirish va Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha elektron navbat tizimi joriy qilinmoqda.
Onlayn rejimda elektron navbatga olish imkoniyati yaratildi.
Ushbu tizim DXM elektron navbat platformasi bilan integratsiya qilingan. Ayni paytda masofadan turib navbat chiptasini mamlakatimizdagi elektron navbat uskunalari o‘rnatilgan 110 ta Davlat xizmatlari markazlarida olish mumkin.
2019 yil oxiriga qadar ushbu qulaylikni barcha DXMlarda joriy etish rejalashtirilgan.
Tasavvur qiling, navbatingizni Davlat xizmatlari markaziga kelayotgan paytingizning o‘zida mobil telefoningiz orqali olishingiz mumkin. Bu esa vaqtingizni sezilarli darajada tejashga imkon beradi. Buning uchun faqatgina www.davxizmat.uz saytiga kirishingiz kifoya. Tizim avtomatik tarzda eng yaqin joylashgan DXMni taklif etadi.
Quyida elektron navbatni bosqichma-bosqich olish qo‘llanmasini havola etamiz.
Spoyler: 2019 yil 1 noyabrdan boshlab “Oldindan navbatga yozilish” funksiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Ya’ni, DXMga tashrifingizni o‘zingiz uchun qulay vaqt va kunni tanlab rejalashtirishingiz mumkin bo‘ladi.