Endi inspektorlar yo‘llarda charchagan, uyqusi kelayotgan haydovchilarga kofe yoki choy beradi
- 04.04.2019 12:59
- 472
- Samarqand

Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan haydovchilarning hushyorligini yanada oshirish uchun tungi kofe breyklar tashkil etishmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari transport egasini to‘xtatib, agar haydovchi charchagan yoki uyqusi kelayotgan bo‘lsa unga kofe yoki choy tutqazib, uning hushyorligini oshirishga harakat qilyapti.

«Tungi kofe breyk» tadbirlari viloyatimizning M-37 yo‘lidagi haydovchilarni hushyorlikka chaqiruvchi maskanlarida tashkil etilgan.

– Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad, avvalo, yo‘llarda ko‘ngilsiz voqea va hodisalarning oldini olish, – deydi Oqdaryo tuman YHXG katta inspektori leytenant Obid Sharipov. – Shu bilan birga haydovchi hamda yo‘lovchilarning manzillariga sog‘-omon yetib olishlaridir. O‘ylaymizki, bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishidan avtomobil haydovchisi ham, yo‘lovchilar ham mamnun bo‘lishmoqda.


O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sharof Boshbekovning ismini kim qo‘ygan?
- Kecha, 18:30
- Mutolaa
"Yuragimda entikar baxtlar"
- Kecha, 18:29
- Mutolaa
Munajjimlar bashorat qiladi (19-25 yanvar)
- Kecha, 14:45
- O'qing, qiziq!
“Umrim bo‘yi hamroh bo‘ldi do‘st hamda raqib”
- 17/01, 14:46
- Mutolaa