Endi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berib boriladi

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholini tezkor va to‘g‘ri xabardor qilish uchun “Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sahifalar tashkil etilgan. Unda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari, vazirlik va idoralar tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida muntazam ravishda xabarlar berib borilmoqda.

Ayollarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish borasida qilinayotgan ishlardan xabardor bo‘lishni xohlasangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi “Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q! Net nasiliyu!” sahifalariga a’zo bo‘lishingiz mumkin.

Loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

telegramda: https://t.me/zoravonlikka_yol_yoq_netnasiliyu

feysbukda: https://www.facebook.com/netnasiliyu/

instagramda: http://instagram.com/zoravonlikka_yol_yoq