Energetika inqirozidan so‘ng Yevroning pasayishi kuzatilmoqda

Bu yil yozda yevro xalqaro savdolarda ikkinchi marta dollarga nisbatan paritetdan pastga tushdi.

Dushanba oqshomiga kelib, yagona Yevropa valyutasi bir foizdan ko‘proqqa – 20 yil ichida eng past darajaga tushdi.

Rekord pasayish ortidagi omillar orasida global energetik inqiroz va “Shimoliy oqim” orqali gaz ta’minotidagi uzilishlar, shuningdek, AQSh Federal rezerv tizimining inflyasiyani jilovlash bo‘yicha faol harakatlari sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, Yevropada britan funti va vengriya forinti kabi valyutalar ham tushib ketgani aytilmoqda.