Eng uzun nomlarga ega shaharlar

Shaharlar ajoyib, diqqatga sazovor joylari, boy madaniy dasturlari, jonli tungi hayoti, go‘zal landshaftlari va yana boshqa turli xil sabablarga ko‘ra odamlar diqqat-e’tiborini tortishi mumkin.

Ba’zi aholi punktlari esa o‘z nomlari bilan ajralib turadi ular bir so‘zdan iborat va shunchalik uzunki, ko‘plar ular nomini to‘g‘ri talaffuz qilish yoki yozishda xato qiladi.

Bugun sizni nomlarida oralig‘i yoki tinish belgisi bo‘lmagan, faqat bitta so‘z bilan yoziladigan dunyodagi eng uzun nomlari bilan maqtanadigan shaharlar bo‘ylab sayohatga chorlaymiz.

Muckanaghederdauhaulia – 22 harf (Irlandiya)

Shotland-gels tilidan ikki sho‘r suv kengligi orasidagi cho‘chqaxona deb tarjima qilinadigan ajoyib so‘z shaharning Kamyu ko‘rfazidagi botqoqli yarim orolda joylashganligiga ishora qiladi.

Aytgancha, agar oraliqlar hisobga olinmasa, Irlandiyada Muckanaghederdauhaulianing raqobatchisi bor. Eng uzun joy nomi darajasi uchun unga 23 harfdan iborat Muiceanach idir Dhá Sháile qishlog‘i raqiblik qiladi. Biroq, ingliz tiliga tarjima qilinganda, bu nom qisqaroq bo‘lib chiqadi, shuning uchun hozircha Muckanaghederdauhauliliklar o‘zlarini tanlovda g‘olib deb bilishmoqda.

Parangaricutirimicuaro – 22 harf (Meksika)

Meksikadagi bu shaharning nomi ko‘pincha uzun va bema’no tezaytishlarda ishlatiladi. Bir qancha xalq ertaklari va shahar afsonalari ham shu joylardan kelib chiqqan.

Aslida, Parangaricutirimicuaro”ning yanada uzunroq 27 harfdan iborat “Nuevo San Juan Parangaricutiromuqobil nomi bor. Nuevo "yangi" degan ma’noni anglatadi va bu aholi punkti 20-asrning o‘rtalarida Parikutin vulqoni tomonidan vayron qilingan shahar o‘rnida qurilgan.

Verxnenovokutlumbetevo – 23 harf  (Rossiya)

Orenburg viloyatidagi shaharcha 1780 yilda tashkil etilgan. Biroq, mahalliy arxeologik topilmalar odamlar u yerda o‘rta asrlarda va hatto bronza davrigacha ko‘chib kirib, yashaganini ko‘rsatdi. Bu hududdan ko‘chmanchi boshqird qabilalari va o‘troq tatar aholisi ham foydalangan.

Gasselterboerveenschemond – 25 harf (Niderlandiya)

Gasselterboerveenschemond” aholi punkti Gollandiyaning shimoli-sharqiy Drente provinsiyasida joylashgan. Viloyatda bir nechta qiziqarli qadimiy artefaktlar topilgani bu hududning qadimiy ekaniga ishora qiladi. Hozirda “Gasselterboerveenschemondda atigi 40 kishi yashaydi. 

Äteritsiputeritsipuolilautatsijänkä – 35 harf (Finlyandiya)

Finlyandiyaning eng shimoliy va eng yirik Äteritsiputeritsipuolilautatsijänkä provinsiyasi Laplandiyadagi Savukoski munisipalitetidagi kam aholi botqoqli hudud hisoblanadi. Bu joy Finlandiyadagi birinchi, shuningdek, Yevropadagi uchinchi eng uzun nomli joydir.

Tweebuffelsmeteenskootmorsdoodgeskietfontein – 44 harf (Janubiy Afrika)

Yevropadan Janubiy Afrikaning shimoli-g‘arbiy provinsiyasida joylashgan Tweebuffelsmeteenskootmorsdoodgeskietfonteindehqon shaharchasiga o‘tamiz. Uning uzundan-uzun nomi aslida Afrika folklorining bir qismiga aylangan va tom ma’noda "bir o‘q bilan o‘ldirilgan ikki buyvol" deb tarjima qilinadi.

Llanfairpwllgwyngyllgogerychwyrndrobwllllantysiliogogogoch – 58 harf (Uels)

Mana, dunyodagi bir so‘zli eng uzun shaharga ham yetib keldik! Bu toponim uelscha iboradan olingan qo‘shma so‘z bo‘lib, “Muqaddas Tisilio Qizil g‘ori cherkovining qaynoq girdobi yonida joylashgan oq yong‘oq daraxti bo‘shlig‘idagi Avliyo Meri cherkovi” degan manoni anglatadi. Rasmiy ravishda, shaharning nomi oddiyroq kamtarona 20 harfdan iborat Llanfairpwllgwyngyll.

Arxeologik qazishmalar bu hududda odamlar neolit ​​davrida paydo bo‘lganligini ko‘rsatdi. Aholi punktining nomi hatto Civilization V kompyuter o‘yinida ham kiritilgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.