Yer larzada: oxirgi ikki kunda Yevropa-O‘rta yer dengizi mintaqasida 540 dan ortiq zilzila qayd etildi, sayyorada geologik siljish ro‘y bermoqda

Oxirgi 24 soat ichida Janubi-Sharqiy Osiyoda va Tinch okeanining sharqiy sohillarida ikkala Amerikada ham seysmik zonalar faollashdi, deya ma’lum qiladi yevropalik seysmologlar.

Zilzilaning o‘chog‘i Turkiya va Suriyaga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, yer silkinishi butun O‘rta yer dengizi sohillari bo‘ylab - Isroildan Portugaliyagacha, Atlantika okeanidagi orollarda, Fransiya shimoli, Polsha, Kaspiy dengizi mintaqasida qayd etilgan.

Nyu-York shimoli-g‘arbida so‘nggi 40 yildagi eng kuchli zilzila sodir bo‘lgan, deya xabar bergan NBCga tayanib TASS. Qurbon va talafotlar haqida xabar berilmagan.

Italiyalik olim esa Turkiyadagi zilzila uch metrgacha litosfera plitalari (yer qobig‘ining katta harakatsiz maydoni – litosferaning bir qismi) geologik siljishini keltirib chiqargani haqida xabar bergan.