Erdo‘g‘onning saylovlardagi asosiy raqibi 110 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin: da’volar soni 28 taga yetdi
2023 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan Turkiyaning muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li o‘ziga qarshi ochilgan 28 ta da’vo bo‘yicha tergov doirasida hibsga olinishi mumkin, deb xabar berdi Cumhuriyet telekanali.
Telekanalning tushuntirishicha, Kilichdarog‘lu prezidentlikka nomzodini qo‘ygani uchun bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tayotgan parlament saylovlarida qatnasha olmagan, natijada deputatlik daxlsizligidan mahrum bo‘lgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Kilichdarog‘lu jami 110 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Muxolifat yetakchisiga qarshi da’volarning aksariyati amaldagi prezident Erdo‘g‘onni haqorat qilish bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, TASS o‘z manbalariga tayanib, turkiyalik siyosatshunoslarning fikricha, muxolifat yetakchisining javobgarlikka tortilishi dargumon, chunki bu mamlakatdagi siyosiy vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin.
Turkiyada prezidentlik saylovlari 2023 yil may oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tdi. Birinchi turda Erdo‘g‘on 49,35 foiz, Kilichdarog‘lu esa 45 foiz ovoz olgan. G‘alaba qozonish uchun Erdo‘g‘onga 50 foizdan ko‘proq ovoz kerak edi, shu bois ikkinchi tur bo‘lib o‘tdi, uning natijalari 28 may kuni Turkiya Markaziy saylov komissiyasi tomonidan sarhisob qilindi. Erdog‘on 52,14% ovoz bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Kilichdarog‘lu 47,86% ovoz olgan edi.