Erkinjon Turdimov Turkiyaning yurtimizdagi elchisi bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi, janob Mexmet Sureyya Er boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahriga keldi.

Tashrif doirasida mehmonlar Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov bilan uchrashdi.

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik aloqalari keng yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi. Viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, qurilish, mehmonxonalar faoliyatini jahon andazalari darajasiga chiqarishda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, uchrashuvda kelgusida Samarqand va Turkiyaning qator shaharlari bilan ta’lim, ziyorat turizmi, turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Baxtiyor MUSTANOV.