Eron BMT Xavfsizlik Kengashidan AQShning Fors ko‘rfazidagi beqarorlikni to‘xtatishini so‘radi

Bu haqda Eronning BMT qoshidagi muvaqqat ishlar vakili Eshag al-Habibga yo‘llagan maktubida aytilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftada Fors ko‘rfazi va Arab dengizidagi «AQSh harbiy avantyurizmi» haddidan oshib ketdi. Gap shundaki, Qo‘shma Shtatlar ushbu hududlarga yuqori texnologik qurollarni yetkazib bergan va ko‘plab provakatsion harbiy harakatlarni amalga oshirgan, deb yozadi RIA novosti.

Al-Habibning aniqlik kiritishicha, gap AQShning strategik bombardimonchi samolyotlarining Fors ko‘rfazi uzra parvozi haqida bormoqda. Eron vakili bunday jangovar vaziyatni dahshatli darajaga yetkazishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

«Biz BMT Xavfsizlik Kengashi Qo‘shma Shtatlarni xalqaro tamoyil va qoidalarga rioya qilishga majbur qilishini kutmoqdamiz. Shuningdek, xalqaro hamjamiyat AQShdan Fors ko‘rfazi kabi mintaqada beqarorlashtiruv amallarni to‘xtatishini talab qilishi kerak», deyiladi BMT bosh kotibi va BMT Xavfsizlik Kengashi raisi nomiga yuborilgan xatda.

30 noyabr kuni AQShning USS Nimitz atom avianosetsi (samolyot uchishi va qo‘nishi uchun moslangan harbiy kema) boshchiligidagi AQSh avianosetsining zarba beruvchi guruhi Ormuz bo‘g‘ozidan o‘tib Fors ko‘rfaziga kirib borgani haqida xabar berilgan edi.

AQSh avianosetsining Fors ko‘rfaziga qaytishi 27 noyabrda - Eron Islom Respublikasining yadro dasturi uchun mas’ul bo‘lgan eronlik olim Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishidan keyin sodir bo‘ldi.