Eron hijob kiyishdan bosh tortganlarni jazolash uchun qonun loyihasini ishlab chiqdi

Eron parlamenti hijobsiz ayollarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishiga to‘sqinlik qiluvchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda, dedi parlamentning sud-huquq masalalari komissiyasi raisi Muso G‘azanfarobodiy.

«Hozirda avvalgidek avtomobillarda hijobga rioya qilishni nazorat qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda".

Hijob kiymagan ayollarga SMS yuboriladi. Qonun loyihasi va dastur ham tez orada kuchga kiradi, unga ko‘ra, ro‘mol o‘ramagan ayollarni piyodalar o‘tish joylari va boshqa jamoat joylaridagi videokuzatuv tizimlari yordamida aniqlab, ularga nisbatan qoidabuzarliklarni rasmiylashtiramiz. Bu ayollarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmaydi», — deya G‘azanfarobodiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Khabar Online».