Eron uranni boyitish rejalarini oshkor qildi
Eron vitse-prezidenti, Atom energiyasi tashkiloti (AET) rahbari Muhammad Eslami uranni boyitish rejalarini oshkor qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron rasmiylari to‘yinganlik darajasini 60 foizdan oshirmoqchi emasligi haqida ma’lum qilishdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Venadagi muzokarachilar bir kelishuvga kelmasa yoki Vashington Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi (QKQHR)ga qaytib, Tehronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmagan taqdirda ham Eron uranni 60 foiz boyitish darajasidan oshirmaslikka va’da beradimi? "Yo‘q!", - deb javob berdi Eslami tegishli savolga.
Eron uranni boyitish sanoat, ishlab chiqarish, mamlakatning zarur tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun ekanini aytmoqda.
Avvalroq MAGATE Eronning Natanz shahridagi yadroviy inshootda uran 60 foizgacha boyitilganini tasdiqlagan edi.
Ma’lumki, 2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiya va Eron yadroviy bitimni imzolagandi. Bu Eronning yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalarni bekor qilishni anglatardi. Biroq, 2018 yil may oyida AQShning sobiq prezidenti Tramp mamlakat bitimdan chiqishini e’lon qildi va Tehronga qarshi sanksiyalarni tikladi. Shundan so‘ng ma’lum muddat o‘tib Eron uranni boyitishini e’lon qildi.