Eronda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani tasdiqlandi

Eron COVID-19ning ikkinchi to‘lqiniga qarshi kurashmoqda. Bu haqda 15 iyul kuni mamlakat Prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi.

Biroz ilgari Eron hukumati mamlakat bo‘ylab koronavirus soni oshib borayotganligiga qaramasdan, hali ham birinchi to‘lqinni boshidan o‘tkazayotganini ta’kidlagan edi.

Hasan Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, fevral oyi so‘nggida boshlanib aprel oyining o‘rtalariga qadar davom etgan birinchi to‘lqin mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarini qurshab olgan. O‘z navbatida, ikkinchi to‘lqin janubiy hududlarga zarba bermoqda.

“Iyun oyining o‘rtalarida, aniqrog‘i, 14 iyundan boshlab mamlakatning janubiy va chegara hududlarida kuzatilayotgan ikkinchi to‘lqin boshlandi. Ikkinchi to‘lqin birinchisidan ko‘ra kuchliroq chiqdi”, dedi Ruhoniy hukumat majlisida qilgan chiqishida.

- Birinchi to‘lqin tugaganidan so‘ng odamlar Eron koronavirusdan o‘tib oldi, deb o‘yladi, - dedi Ruhoniy. - Mamlakatning kelgusi oyda ikkinchi to‘lqindan ham o‘tib olishiga umid bildirdi.