Eronda olti oy ichida ikkinchi sportchi qatl etildi

Eronning Dizful shahridagi qamoqxonada 30 yoshli kurashchi Mehdi Ali Xusseyniy qatl etildi. Bu haqda Eron milliy qarshilik kengashi NCRI xabar qilmoqda.

Hukumat Xusseyniyni 2015 yilda ommaviy mushtlashuv paytida bir kishini o‘ldirishda ayblagan. Jabrlanuvchining oilasi uni afv etishdan bosh tortganligi sababli uning o‘lim hukmi o‘z kuchida qoldirildi.

Eron kurashining qahramoni, Olimpiya o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlarining oltin medali sovrindori Hamid Suryan jabrlanuvchi oilasiga Xusseyniyga rahm-shafqat so‘rab murojaat qildi, ammo bu hech qanday natija bermadi.

Olimpiya o‘yinlarida kurashni nazorat qiluvchi United World Wrestling (UWW) sportchining vafoti munosabati bilan bayonot berdi. Xususan, matnda Xusseyni milliy yoki xalqaro turnirlarda ishtirok etmagani, faqat mintaqaviy musobaqalarda qatnashgani aytilgan. UWW ushbu vaziyat haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmaguncha, hukm ijrosi haqida izoh berishdan bosh tortdi.

Boshqa bir eronlik jangchi - 27 yoshli Navid Afkari 2020 yil sentyabr oyida qatl etildi. U 2018 yil yozida norozilik namoyishlarida qatnashgan, qotillikda ayblanib hibsga olingan. Ammo inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari uning jinoyatiga iqror bo‘lishi qiynoqlar natijasi ekanligini va sportchi siyosiy sabablarga ko‘ra qatl etilganini ta’kidlamoqda.