Eronning turli shaharlaridan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Transport vazirligida Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazir o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda “Zagros Airlines” aviakompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Morteza Sheyxassani bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki davlat o‘rtasida muntazam havo qatnovlarini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, aviakompaniya vakillari yo‘nalishlar geografiyasini kengaytirish, tranzit salohiyatini rivojlantirish va parvozlar sonini oshirish bo‘yicha qator takliflarni bildirdi.

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Zagros Airlines” aviakompaniyasi Eronning turli shaharlaridan Samarqand va Buxoroga aviareyslar qo‘yish istagida ekanligini ma’lum qildi.