Ertadan mamlakat hududiga yana sovuq havo oqimi kirib kelmoqda
27-29 noyabrda O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi orqali Volgabo‘yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deb xabar berdi "O‘zgidromet".
27 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
28 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamiz hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda muzlamalar kuzatiladi.
27-28 noyabrda Respublika bo‘yicha shamolning tezligi 17-22 m/s.gacha, ba’zi joylarida 25-27 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda.
28-29 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.
O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-12 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.