Yevropa davlatlari sayyohlar uchun kirish qoidalarini yumshatishni talab qildi

Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari sayyohlarga qo‘yiladigan talablarni yumshatish tarafdori, deb xabar bermoqda Bloomberg diplomatlar manbasiga tayanib.

Agentlikning ta’kidlashicha, turizm muhim soha bo‘lgan mamlakatlar koronavirusdan sog‘aygan, antitelalari mavjud yoki infeksiyaga emlangan sayyohlarga YeIga a’zo davlatlarga kirishga ruxsat berilishini talab qilishmoqda.

Tegishli mavzu ushbu oy oxirida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari tomonidan muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, ba’zi mamlakatlar allaqachon chegaralarini bir tomonlama ochish rejasini ishlab chiqa boshlagan. Yevropa Komissiyasi esa bu yo‘nalishdagi muvofiqlashtirilgan qadamlar g‘oyasini ilgari surmoqda.

Avvalroq Gretsiya sayyohlik mavsumini ochilish sanasini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.