Yevropa Ittifoqi TikTokni foydalanuvchilar huquqini buzishda aybladi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi profil uyushmalarini birlashtirgan Yevropa iste’molchilar tashkiloti (BEUC) Yevropa Komissiyasiga mashhur TikTok ijtimoiy tarmog‘iga qarshi foydalanuvchilar huquqlarini buzganlikda ayblab shikoyat yubordi.

"BEUC va uning a’zolari Yevropa Ittifoqi iste’molchilar huquqini ta’minlash uchun TikTok siyosati va harakati bo‘yicha keng qamrovli tekshiruv o‘tkazilishini talab qilmoqda", deyiladi tashkilotning bugun, 16 fevral kuni e’lon qilingan press-relizida.

«Bir necha yil ichida TikTok, eng avvalo, bolalar orasida mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biriga aylangandi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq voyaga yetmaganlarni xavfli, zararli informatsiyadan yetarli darajada himoyalamagan tarzda, aksincha fikrini buzib, chalg‘itmoqda. Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, iste’molchilar huquqlarining doimiy ravishda buzilishi, shuningdek, bolalarga yashirin reklama va noo‘rin informatsiya tarqatilishiga ishora qilinmoqda", deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, mualliflik huquqi doirasida foydalanuvchi siyosatiga adolatsiz munosabatda bo‘lgani haqida gap ketganda, asosan ular yozayotgan videolar nazarda tutilgan. Ularning fikriga ko‘ra, TikTok muallifga hech qanday to‘lov to‘lamasdan videolardan foydalanish va tarqatish uchun noqonuniy ravishda ish yuritmoqda.

Xullas, tashkilotda foydalanuvchining qanday shaxsiy ma’lumoti to‘planishi va kelajakda ulardan qanday foydalanilishi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘qligidan xavotirda.

O‘tgan iyun oyida ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasida tuzilgan ishchi guruh mashhur TikTok tekshiruvini o‘tkazish niyatidaligini ma’lum qildi. Xitoy kompaniyasiga tegishli ushbu ijtimoiy tarmoq tomonidan yevropaliklar shaxsiy ma’lumotini to‘plashidan xavotirda bo‘lgan Yevroparlament deputati nomidan kelgan so‘rovdan keyin shunday qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, qo‘mita yuzni tanib olish tizimi Yevropa Ittifoqi maxsus ma’lumotlarini himoya qilish qoidalariga qanchalik mos kelishini o‘rganmoqchi edi. Ushbu ish natijalari noma’lum.

Ma’lumot uchun: TikTok - bu qisqa musiqiy videokliplar, jonli efir va xabar almashish imkoniyatini beruvchi mashhur ijtimoiy tarmoq. Xitoyning ByteDancye kompaniyasiga tegishli.

G.Xoldorova tayyorladi.