Yevropa Ittifoqida vataniga qatnayotgan qochoqlarni butunlay chiqarib yuborish taklif qilindi

Germaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari Xorst Zeyexofer vataniga tez–tez qatnayotgan qochoqlarni mamlakat hududidan chiqarib yuborishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi qatnovlar  qochoqlarni o‘z vatanlarida ta’qib ostida emasliklarini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga u qochoqlar o‘z vatanlariga qilayotgan “ta’til”lariga  ketadigan xarajatlarni ko‘rsatib o‘tdi. Shunday qilib Germaniyadan Suriyaga, Afg‘onistonga yoki Iroqqa borib kelish chipta narxi o‘rtacha 1.5 ming yevrodan oshadi.

Shu sababli 8 sentyabr kuni “Alternative für Deutschland” (Germaniya uchun muqobil) partiyasi Bundestagda shu kabi muhojirlarni qochoq statusidan qonuniy mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqish taklifini kiritadi. Deputat Valdemar Gerdtning fikriga ko‘ra, bu siyosiy masala emas, bu shunchaki oddiy mantiq.

Masalaning shu yo‘l orqali hal qilinishini fransiyalik deputat Terri Mariani ham qo‘lladi. U mazkur amaliyotni butun Yevropa Ittifoqi bo‘ylab joriy etishni taklif qildi.

Ayni shu vaqtda Damashq Yevropadagi suriyaliklarni uyga qaytishga va mamlakatni oyoqqa qo‘yishga yordam berishga chaqirdi. Suriya parlamentining xalqaro qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ammar al–Asadning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga o‘qituvchilar, muhandislar va shifokorlar zarur.