Bugun - Butunjahon qochqinlar kuni

Har yili 20 iyun kuni dunyo hamjamiyati Butunjahon qochqinlar kunini nishonlaydi.

Birinchi marta Butunjahon qochqinlar kuni 2001 yilda nishonlanib, u BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 4 dekabr qarori bilan tashkil etilgan.

Qochqinlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiyaning qochqinlar statusi, ularning huquq va erkinliklari, shuningdek, qochqinlarga nisbatan davlatlar majburiyatlarini belgilaydigan konvensiyada 146 mamlakati ishtirok etmoqda.

Qochqinlar Konvensiyaga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

- chiqarib yuborishdan himoya qilish huquqi, jinoiy holatlar bundan mustasno;

- davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganligi uchun jazodan himoya qilish huquqi;

- yollanma ishlash huquqi;

- boshpana huquqi;

- ta’lim olish huquqi;

- davlat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash huquqi;

- diniy e’tiqod huquq;

- sudga murojaat qilish huquqi;

- erkin harakatlanish huquqi;

- shaxsiy guvohnomani olish huquqi.

2021 yilda Butunjahon qochqinlar kuni "Birgalikda biz hamma narsaga erishamiz!" shiori ostida o‘tkaziladi. BMT qochqinlarga sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni ko‘proq jalb qilishni talab qilmoqda.