Afg‘onistonlik qochoqlar Mozori-Sharifdagi lagerda yashamoqda
- 13.07.2021 17:55
- 90
- Xorij

«Sputnik Tojikiston» sayti afg‘onistonlik qochoqlar yashayotgan Mozori-Sharifdagi lager tasvirlarini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda lagerda «Tolibon» harakati va urushdan qochib, uyi hamda mol-mulkini tashlab kelgan taxminan 2000 kishi yashamoqda. Qochoqlarning aksariyati harakat faoliyati kuchaygan shimoliy viloyatlardan kelgan qariyalar, yolg‘iz ayollar va yosh bolalardir.
Ta’kidlanishicha, lagerdagi bitta palatka 4–6 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, oziq-ovqat faqat non, sariyog‘ va choydan iborat. Pulni esa faqat hunarmandchilik, qo‘l mehnati bilan yasalgan narsalar yoki tilanchilik orqaligina topish mumkin.
«Jangarilar va armiya bir-biri bilan jang qilmoqda, aholi esa ularning o‘rtasida qolib, juda aziyat chekmoqda», deydi qochoqlardan biri.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tarjimon diplomatiyani ham o‘rganadi
- 26 daqiqa avval
- Sayohat
O‘quvchilar darsdan qochsa, kimga chora ko‘riladi?
- 26 daqiqa avval
- Ta’lim
Bryusseldan Samarqandgacha
- Kecha, 19:05
- Siyosat