Yevropa parlamenti deputatlari Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyatda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini talab qildi
Yevropa parlamenti (YeP) deputatlari zaharlangani aytilayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy sabab Rossiya Federatsiyasiga nisbatan qat’iy cheklov choralari joriy etilishini talab qilmoqda. Bu haqida YeP rezolyusiya loyihasida ma’lum qilingan.
“Yeropa parlamenti Yevropa ittifoqi zudlik bilan Rossiyaga nisbatan cheklov chora-tadbirlar ro‘yxatini ishlab chiqishni va amaldagi sanksiyalarni kuchaytirishni talab qiladi. Aleksey Navalniyning korrupsiyaga qarshi jamg‘armasining korrupsiyaga aloqasi bor shaxslarni aniqlashga imkon beruvchi xulosalariga muvofiq, korrupsiyaga aloqasi bor shaxslarning Yevropadagi aktivlarini yig‘ish va muzlatib qo‘yishga chaqiradi”, deyilgan hujjatda.
Shu bilan birga YeP deputatlari Rossiya hukumatini kimyoviy qurollardan foydalanishni taqiqlovchi tashkilot bilan hamkorlik olib borishga, shuningdek, xalqaro standartlarga zid bo‘lgan qonunlarni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga chaqirdi. Shu jumladan, ular yaqinda o‘zgartirishlar kiritilgan Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasidagi o‘zgarishlarni ham ta’kidlashdi.