Yevropada «qizil» jazirama va bizda ham bugundan yuqori harorat boshlanadi

Britaniyada davomli jazirama to‘lqini va haroratning +40 gacha ko‘tarilishi fonida birinchi marta «qizil» ogohlantirish darajasi e’lon qilindi.

Buyuk Britaniya Linkolnshirdagi asosiy harbiy havo kuchlari aviabazasidagi operatsiyalar issiqlik tufayli uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasi haddan tashqari yumshatgani sababli to‘xtatildi.

Ispaniyada harorat - +41. U yerda qushlar osmondan yerga qulab tusha boshlagan. Bu ba’zi hollarda oriyentatsiya va uchish qobiliyatini susaytiruvchi suvsizlanish tufayli, deb taxmin qilinmoqda.

Butun dunyoda bo‘layotgan iqlim o‘zgarishi tufayli mamlakatimizda ham yoz odatdagidan ancha issiq kelmoqda. Buni esa ayni kunlarda kuzatilayotgan jazirama ob-havodan ham bilish mumkin.

Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, bugundan Eron hududlaridan issiq va quruq havo kirib keldi. Ya’ni, 17-22 iyul kunlari O‘zbekistonda kunduzlari havo harorati +44...+47 darajagacha ko‘tariladi.