Yevropada terrorizm qurbonlari xotirlandi
Kecha, 11 mart kuni Yevropada terrorizm qurbonlarini xotirlash kuni bo‘ldi. U 16 yildan buyon o‘tkazilmoqda va har yili teraktlarda halok bo‘lgan va ularda jabr ko‘rgan begunoh insonlar ro‘yxati yangi nomlar bilan to‘ldirilmoqda.
Xotira marosimi Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tdi. 2015 yildan beri Parijda 260 kishi terrorizm qurboni bo‘lgan. Prezident Emmanuyel Makron va mamlakatning boshqa siyosiy rahbarlari halok bo‘lganlar yaqinlari va terroristlar hujumidan omon qolganlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Shuningdek, xotira tadbirlari Madridda Ispaniya qirollik juftligi va Yevrokomissiya vakillari ishtirokida ham o‘tkazildi.
Xotira kuni Madridda poyezd portlashi oqibatida 191 kishi halok bo‘lgan 2004 yil 11 mart fojiasidan so‘ng ta’sis etilgan. Ushbu terakt ekstremistlarning oldindagi davomli hujumlaridan bir qismi edi, xolos. O‘tgan yili Galle, London, Lion, Parij, Utrext kabi Yevropaning bir qator shaharlarida teraktlar sodir bo‘lgan edi.
G.Xoldorova tayyorladi.