Evropada toshqin, bo‘ron va do‘l, Afinada 72 daraja issiq
Chexiyaning janubi-sharqida uy, avtoulov va yashil maydonlarga zarar yetkazgan bo‘ron tufayli besh kishi halok bo‘ldi va o‘nlab odamlar jarohat oldi. Tabiiy ofat yuz bergan hududda mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 160 nafar askar, shuningdek, 200 ga yaqin politsiyachi qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Breclav va Xodonin shaharlaridagi 60 ta uy deyarli vayron qilingan. Valtitsada deyarli barcha uy va yodgorliklar zarar ko‘rgan. Xodoninda qariyalar uyi vayron qilingan.
Rossiyaning Amur viloyatining yuzlab aholisi kuchli yomg‘irlar keltirgan toshqin tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. 16 ta aholi punkti, 388 ta turar-joy binosi, 20 dan ortiq yo‘l va 5 ta ko‘prik suv ostida qoldi.
Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri Blagoveshensk bo‘lib, u yerda o‘nlab uylar elektrsiz qoldi. O‘tgan kuni suv 2 metrdan ziyod balandlikka ko‘tarildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1500 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Vaqtinchalik boshpanalarda 205 kishi, shulardan 90 nafari bolalar joylashtirilgan.
Xorvatiyada dovul ortidan Pozegu shahriga kuchli do‘l tushdi. Yong‘oq kattaligidagi muz tom va mashinalarga zarar yetkazdi, ekinlarni yo‘q qildi, daraxt va elektr ustunlarini qulatdi. Shaharning deyarli barcha binolari zarar ko‘rdi. Yaqinda kuzatilgan toshqindan hali o‘zlariga kelmagan Pojega aholisi tushkunlikda.
Arpa va moyli rapsni yig‘ishni endigina boshlagan dehqonlar hosilsiz qolishdi. Do‘l shuningdek, bahorgi ekinlarni - makkajo‘xori, soya, kungaboqarlarni yo‘q qildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar 100 foizni tashkil etadi.
Afinada juma kuni harorat selsiy bo‘yicha 72 darajani ko‘rsatdi, yo‘l yuzasi harorati 47 darajaga yetdi.