Ezgu odam kim?

Mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy islohotlar amalga oshirish, ularni yanada jadallashtirishga doir dolzarb vazifalarni belgilab bergan, bitta maqsad yo‘lida barcha kuchlarni birlashtirib, uni xalqimiz turmush farovonligini yaxshilashga safarbar qilishga undovchi Murojaatnoma siyosiy kuch faollarining zimmasidagi mas’uliyatni yana bir karra oshirdi.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlangan 2019 yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda investitsiyalarni faol jalb etish, ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifa va maqsadlarni amalga oshirish, jamiyat hayotiga tatbiq etishda davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlari ham faol ishtirok etishlari lozim.

Davlatimiz rahbarining “...xalq bilan uzluksiz muloqot va inson manfaatlari uchun xizmat qilish, barcha darajadagi rahbarlar uchun nafaqat majburiyat, balki hayotiy tamoyilga aylanishi shart” deb aalohida ta’kidlagani buyuk donishmand Yusuf Xos Hojibning “Kimning xalqqa foydasi tegib, shu foydasi tufayli halovat topsa, o‘sha odam ezgudir” degan purma’no so‘zlarini yodimga soldi. Demakki biz adolatchilar ham partiyaviy loyihalarimizdan kelib chiqgan holda amaliy ishlarimizni yanada ko‘paytirishimiz, xususan, “Adolat — qonun ustuvorligida” loyihasi doirasida xalq bilan muloqotni kuchaytirishimiz zarur. Ana shundagina joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyati kengayadi.

Murojaatnomada ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish zarurligi ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu borada ham ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni birinchi darajali vazifamiz deb bilishimiz, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga doimiy e’tibor qaratishimiz zarur.

Yana bir muhim jihat, Prezidentimiz ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun eng avvalo aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirishga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Albatta, “Ijtimoiy yordam – munosib ish bilan ta’minlash” shioriga tayangan, ya’ni ishini yo‘qotganlarga yangi mehnat o‘rinlarini hamda kasbiy qayta tayyorgarlik uchun ta’lim olish imkoniyatlarini taklif etish tarafdori bo‘lgan adolatchilar uchun bu juda quvonarli. Zero, insonning oilasidagi farovonlik, o‘zining hayotga munosabati, oxir-oqibat jamiyatimizning barqarorligi uning qanday ish bilan ta’minlanganiga, mehnati uchun qay miqdorda munosib haq olayotganiga bevosita bog‘liq.

Bir so‘z bilan aytganda, murojaatnomani tingash va taror va taror o‘qish jarayonida shunga amin bo‘ldimki, uning har bir satrida islohotlarning bosh maqsadi - inson manfaatlarini ta’minlash ekani yaqqol namoyon bo‘lgan.

Muhiba Bobobekova,O‘zbekiston “Adolat” SDP Samarqand viloyat Kengashi raisi.