“Ezgulik albatta qaytadi” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda joriy yilning 27-30 avgust kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan qon topshirish xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. 

“Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida o‘tgan tadbirda yuzdan ziyod viloyatdagi turli idora, korxona va tashkilotlar, harbiy qismlar vakillari tomonidan beg‘araz donorlik harakati davom ettirildi. 

- O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida aksiyada o‘z ixtiyori bilan qatnashishni istagan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda, - deydi viloyat qon quyish markazi bosh vrachi Rofe Aliyev. - Ayniqsa, viloyatimiz hududida joylashgan oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi-professorlari, harbiy qismlarning askar va zobitlari donorlik xayriya aksiyasida yuqori saviyada ishtirok etdi.

D.To‘xtayev.