Fermer ishchisi ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yuborishga urindi
- 02.03.2020 09:55
- 414
- Hodisa
Yakkabog‘ tumanida fermer ishchisi unga qarshilik ko‘rsatgan ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yuborishga urindi, deb xabar bermoqda Muxbir.uz telegram kanali.
Videoda ayollar qo‘lida yelim idishi bo‘lgan shaxsga tashlangan, u esa idishdagi noma’lum suyuqlikni qarshilik ko‘rsatgan ayollar ustiga sepgan. Ayollar uni tayoq bilan urishga urinadi.
Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi qishloqlarning birida 7 gektar bog‘ o‘rniga intensiv bog‘ yaratmoqchi bo‘lgan fermer hosil berib turgan olma daraxtlarini kesib tashlamoqda. “Shu paytgacha 7 gektar bog‘ning 5 gektaridagi 1500 ta mevali daraxt kesib tashlangan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qashqadaryoda “snos”lar bo‘yicha hokim o‘rinbosari bo‘lgan Mansur Tuymayevni tadbirkorning do‘konini buzmoqchi bo‘lganda yoqib yuborgan edi.