Fohishalik bilan shug‘ullanayotgan ayol jazoga tortildi

Guliston shahrida fohishalik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 20 aprel kuni soat 21:30 larda Boyovut tumani Gulbog‘ MFYda doimiy ro‘yxatda turib, o‘zi Guliston shahar, 4-mavze Bo‘ston MFYda yashovchi, vaqtincha ishsiz Ya.N. karantin qoidalarini buzgani aniqlangan. U yashash joyida Guliston shahar, Sayqal MFYda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz fuqaro J.J. bilan 150 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa qilayotganda qo‘lga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB HPB tomonidan fuqaro Ya.N.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-modda 2-qismi, 190-modda 2-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Guliston shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Sud hukmi bilan huquqbuzar Ya.N.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) barobari, ya’ni 4.460.000 so‘m miqdorida jarima, 190-moddasi 2-qismi bilan 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.