Fransiyada atom suv osti kemalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
- 13.06.2020 21:30
- 43
- Xorij

12 iyun kuni kechqurun Fransiyaning Tulon harbiy dengiz bazasidagi atom suv osti kemasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘rta yer dengizining dengiz rahbariyati xabar berdi.
Ko‘ngilsiz hodisa “Ryubi” klassiga mansub bo‘lgan Perle suv osti kemasida yuz bergan. U 1987 yil qurib bitkazilgan bo‘lib, 1993 yilda faoliyat ko‘rsatishni boshlagan. Perle 2020 yilning yanvar oyida Tulondagi bazaga, texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib kelingan edi. Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan.
“Perle”da sodir bo‘lgan yong‘in tufayli atrofga tarqalgan tutun radioaktiv zaharli emas. Kema bortida hech qanday yadroviy yoqilg‘i mavjud emas. Fransiyaning barcha hududi bo‘ylab havodagi radioaktivlik darajasini kuzatib boradigan datchiklar o‘rnatilganini yana bir bor eslatib o‘tamiz”, dedi mutasaddi rahbarlardan biri.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- 60 daqiqa avval
- Samarqand
Elektr ta’minotidagi muammolar qachon kamayadi?
- 1 soat avval
- Samarqand
Mahallangiz nomi ma’nosini bilasizmi?
- 2 soat avval
- Samarqand
Kredit olish oson, uni qaytarish esa...
- 2 soat avval
- Qishloq xo'jaligi