Fransiyada Luvr, Versal saroyi va Lion vokalida evakuatsiyani amalga oshirdi
Fransiyada portlash xavfi haqidagi ogohlantirishdan keyin Luvr va Versal saroyi evakuatsiya qilindi. Parij markazida joylashgan Luvr tashrif buyuruvchilari va xodimlari ogohlantirish signaldan so‘ng muzey binolarini shoshilinch ravishda tark etishdi.
Keyinchalik Parijdagi Lion vokzalida evakuatsiya qilingani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. U yerda shubhali paket topilgan.
Juma kuni Arrasdagi Gambetta kollejiga uyushtirilgan hujum oqibatida bir o‘qituvchi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralangan. Tergov doirasida politsiya 11 kishini hibsga oldi.
Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninning aytishicha, Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar va Arrasdagi hujum o‘rtasida bog‘liqlik bor. Darmanen "xavfsizlik xizmatlari xavfli deb hisoblagan har qanday xorijlikni muntazam ravishda chiqarib yuborish"ga chaqirdi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta davomida 189 ta antisemitizm harakati aniqlangan.
Ayni paytda Fransiyada "favqulodda terrorizmga qarshi ogohlantirish" rejimi joriy etilgan.
Kipr muhim infratuzilma uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Orol dengiz va harbiy samolyotlar orqali Isroilni tark etayotgan yuzlab odamlarni qabul qilishda davom etmoqda.