Fransiyalik keksa pensioner Atlantika okeanini bochkada suzib o‘tdi
- 28.04.2019 17:07
- 98
- Xorij
Fransiyalik keksa pensioner Jan-Jak Saven Atlantika okeanini yolg‘iz bochkada suzib o‘tdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lumot qoldirgan, deb xabar bermoqda lenta.ru.
Saven 72 yoshda. "Atlantika okeanidagi 122 kunlik suzishdan so‘ng nihoyat Karib dengizi havzasiga kirdim. Sayohatim muvaffaqiyatli tugadi. Hammaga rahmat" deb yozgan u o‘z xabarida.
Saven ayni damda ham o‘zining bochka-qayig‘ida qolmoqda va u AQShning Florida shtati sohillariga qarab suzmoqda.
Saven bochkadagi o‘z sayohatini o‘tgan yilning oxirida Kanar orollaridagi bir oroldan boshlagan edi. Uning bochka-qayig‘ining og‘irligi 450 kg bo‘lib, u oddiy yog‘och fanerdan yasalgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Behbudiy tug‘ilgan mahallaga uning nomi berildi
- 53 daqiqa avval
- Mutolaa
Siz ham his qildingizmi?
- Bugun, 11:05
- Samarqand
ЮНЕСКО Бош директори Самарқандга келди
- Bugun, 08:49
- Samarqand
Kitoblarda jo bo‘lgan tarix, ijod va hayot
- Kecha, 19:56
- Jamiyat