Fransiyadagi namoyishlar fonida Makron pensiya islohotini amalga oshirishdan mamnun emasligini aytdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron pensiya islohotidan mamnun emasligini va hukumat islohot zarurligini fransuzlarga yaxshiroq tushuntira olmaganidan afsusda ekanini aytdi.
"Bu islohotni amalga oshirish men uchun baxt, deb o‘ylaysizmi? Meni gilam ostidagi changni supurib yuborib, oldingi ko‘pchilik kabi hech nima qila olmadim deb o‘ylaysizmi? Haqiqatan ham biz ushbu islohot zarurligini birgalikda anglay olmaganimizdan afsusdaman”, dedi u bugun kuni "France-2" telekanalida.
O‘tgan hafta Fransiya Bosh vaziri Elizabet Borne Fransiya konstitutsiyasining moddasidan foydalanib, mamlakatda pensiya yoshini 62 dan 64 yoshga ko‘tarish to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentda ovoz berishsiz qabul qilgan edi.
Fransiyada qonun loyihasiga qarshi sakkizta umummilliy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. To‘qqizinchi norozilik aksiyasi payshanba kuni kutilmoqda.
Shuningdek, 7 martdan boshlab mamlakat iqtisodiyotining ko‘plab muhim tarmoqlari, jumladan, energetika sohasida ham muddatsiz ish tashlashlar o‘tmoqda.