Futbol: U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Bugun U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Unga ko‘ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qirg‘iziston, Shri Lanka va Falastin bilan birga "E" guruhidan joy oldi. Bizning guruh o‘yinlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi. 11 ta guruhda birinchi bo‘lgan va 4 ta guruhda ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar final bosqichiga yo‘llanma oladi.

Quyida barcha guruhlar bilan tanishing. Birinchi yozilgan mamlakatlar o‘sha guruh o‘yinlarini o‘zida qabul qiladi.

"A" guruhi: Iordaniya, Butan, Xitoy Taypei, Turkmaniston.

"B" guruhi: Myanma, Afg‘oniston, Kuvayt, Yaponiya.

"S" guruhi: Vetnam, Bangladesh, Singapur, Yaman.

"D" guruhi: Xitoy, Shimoliy Mariana orollari, Timor Leste, Avstraliya.

"E" guruhi: Qirg‘iziston, Shri Lanka, Falastin, O‘zbekiston.

"F" guruhi: Tailand, Mo‘g‘uliston, Livan, Malayziya.

"G" guruhi: Kambodja, Pokiston, O‘mon, Iroq.

"H" guruhi: Qatar, Bruney, Hindiston, Bahrayn.

"I" guruhi: BAA, Guam, Gonkong, Eron.

"J" guruhi: Indoneziya, Makao, Laos, Koreya Respublikasi.

"K" guruhi: Tojikiston, Nepal, Filippin, Suriya.

Eslatib o‘tamiz: U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlari 2025 yil 1-9 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Final bosqichi esa 2026 yil Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.