Gaz bo‘lmaydigan hududlarda aholi ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlanadi
Adliya vazirligining eslatishicha, qonunchilikka muvofiq, gaz bo‘lmaydigan hududlarda aholi ko‘mir mahsuloti bilan uzluksiz ravishda ta’minlanadi.
Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- qish mavsumida gaz bo‘lmaydigan hududlarga yetarli miqdorda ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha tegishli hujjatlar tasdiqlanadi (Vazirlar Mahkamasi – viloyat hokimliklari – tuman hokimliklari);
- tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan aholini ko‘mir bilan ta’minlashga oid jadval mahalla fuqarolar yig‘iniga yetkaziladi;
- mahalla fuqarolar yig‘ini kelib tushgan arizalarga muvofiq ko‘mirni sotib olish bo‘yicha reyestrni shakllantiradi va uni ko‘mir omborlariga yetkazib beradi;
- ko‘mir omborlari mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan taqdim etilgan reyestrga va tasdiqlangan jadvalga asosan aholini ko‘mir mahsuloti bilan Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan narxlar asosida uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘radi.