Genetika va farzand: Irsiyatga ko‘ra, bolalarga otadan qaysi xususiyatlar o‘tadi

Garchi ota-onaning irsiyati bo‘lajak farzandga teng darajaga ta’sir qilsa-da, ba’zi hollarda bola onadan ko‘ra ko‘proq xususiyatlarni otadan olar ekan. Xo‘sh, bular nimalar?

Ko‘zlar rangi
Jigarrang va qora ko‘zlar dominant, kulrang, ko‘k va yashil ko‘zlar esa retsessivdir. Qoida tariqasida agar ota-onadan birining ko‘zlari qora bo‘lsa, bola ham shu rangga ega bo‘ladi (yoki ulg‘aygan sari ko‘zlari qorayib boradi, hattoki bolaligida ko‘zlari och rang bo‘lgan bo‘lsa-da).

Yuz tuzilishi
Yuzning simmetriyasi genetikaga juda bog‘liq. Agar ota o‘tkir jag‘li, qiyshaygan burunli bo‘lsa, bolada ham bu xususiyatlar namoyon bo‘la boshlanadi. Bundan tashqari, quloqlar ham ustun xususiyatdir.

Tishlar
Tishlarning sifati va shakli genetikaga uzviy bog‘liq. Agar ota og‘iz bo‘shlig‘i bilan bog‘liq muammolarga, ya’ni tishdagi yoriqlar yoki ular orasidagi masofaning kattaligiga duch kelgan bo‘lsa, bola ham shu muammolarga duch kelish ehtimoli bor. Hozirda zamonaviy stomatologiya mo‘’jizalar yaratadi va ushbu kamchiliklarni bolalik davrida tuzatish mumkin.

Sochlar
Agar otaning sochlari quyuq va qalin bo‘lsa, bola ham quyuq sochlarga ega bo‘ladi. Soch rangi, tuzilishi, zichligi, erta oqarish va hattoki erkaklardagi soch to‘kilishining farzandga o‘tishi ham genetik jihatdan asoslanadi. Otaning sochlari jingalak bo‘lsa, bolaning sochlari silliq bo‘lish ehtimoli juda kam.

Aql-idrok darajasi
Albatta, inson butun hayoti davomida rivojlanadi, ammo aql-idrokning o‘ziga xos salohiyati bor. Olimlar ushbu pontensial genetikaga va ayniqsa, ota genlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanligiga amin. Shunday qilib, agar sizning turmush o‘rtog‘ingiz aqlli bo‘lsa, farzandingiz juda omadli deb hisoblang. Ehtimol, siz kelajakdagi dahoni tarbiyalayapsiz.

Barmoq izlari
Har bir insonda bu naqshlar o‘ziga xosdir. Biroq, ko‘pincha bolalar va ota-onalardagi bu naqshlar juda o‘xshash, ayniqsa, ota va o‘g‘lining kaftlaridagi bu gajaklar takrorlanishi mumkin.

Gavda (bo‘y)
Bolaning kelajakdagi o‘sishiga ikkala ota-onaning genlari ta’sir ko‘rsatadi, biroq bolaning bo‘yi past yoki baland bo‘lishi otaga bog‘liq. Agar otasining qaddi-qomati kelishgan bo‘lsa, bola ham uzun bo‘yga ega bo‘ladi.

Vazn
Gavda singari vazn va tana tarkibi genetikaga juda bog‘liq. Agar ota ortiqcha vaznga moyil bo‘lsa, unda bolalari, ayniqsa qiz farzandi bu xususiyatga ega bo‘ladi.

Hazil tuyg‘usi
Hazil tuyg‘usi – orttirilgan xususiyatdir, ammo zakovat irsiy, u otadan yuqishi mumkin. Farzandingiz hazil tuyg‘usini unga oilada mehr bilan hazil qilib turish, ko‘proq kulish orqali rivojlantirish mumkin.

Uxlash holati
Tarmoqda bolalar otalari singari bir xil holatda uxlayotgan fotosuratlarni tez-tez uchratamiz. Uyquning tabiati haqiqatan ham otaning genetikasi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, agar ota kam uyqu yoki uyquchi bo‘lsa bu xususiyatlar ham bolaga o‘tishi mumkin.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.