Genri Ford ishchilariga faqat dam olgan payti uchun ish haqi to‘lagan

Genri Ford nafaqat Amerikada, balki butun dunyo avtomobil sanoatining afsonasiga aylangan. U 1863 yilning 30 iyulida Detroytda dunyoga kelgan.

Avtomashinalarni ishlab chiqarishda u birinchi bo‘lib sanoat konveyeridan foydalanishni boshladi. Ford butun hayotini barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan avtomobil ishlab chiqarishga bag‘ishladi. Mahsulotni muvafaqqiyatli ishlab chiqarish uchun korxonalarda mehnatni tashkil etishning to‘g‘ri tamoyillari zarur edi. Uning zavodi peshtoqida “Xudo seni ehtiyot qismlarsiz yaratgani yodingda bo‘lsin!” degan yozuv ilib qo‘yilgan edi. Tadbirkor o‘zining tajribasini “Mening hayotim – mening yutuqlarim” nomli kitobida tasvirlab bergan. Ushbu kitob hozirda ham ko‘plab ishbilarmonlarning o‘quv qo‘llanmasiga aylangan.

Genri Fordning fabrikalaridan birida ishchilar jamoasiga dam olgan vaqti uchun ham haq to‘langan. Bu konveyerning uzluksiz ishlab turishi uchun mas’ul bo‘lgan xizmat guruhi edi. Oddiy qilib aytganda, ta’mirlovchilar faqat dam olish xonasida o‘tirganlarida maosh olishgan. O‘rnatish liniyasining buzilishi natijasida qizil chiroqcha yonishi bilan ularga po‘l hisoblaydigan schyotchik to‘xtab qolardi. Birinchidan, ular ta’mirlash ishlarini tez tugatib, dam olish xonasiga qaytishar, ikkinchidan, nosozlik tufayli xonani yaqin orada tark etmaslik maqsadida ular ta’mirlash ishlarini sifatli olib borishardi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.