Germaniya gaz narxi o‘sishini to‘xtatish uchun iste’molchilarga 200 milliard yevrolik yordam ko‘rsatmoqchi
Germaniya hukumati energiya narxining misli ko‘rilmagan o‘sishida uy xo‘jaliklari va korxonalarga yordam berish uchun 200 milliard yevrolik yirik reja tafsilotlari bo‘yicha kelishib oldi.
Asosiy chora - "gaz narxi o‘sishini" to‘xtatish, lekin darhol emas: dekabr oyida fuqarolar biroz chegirma oladi, lekin umuman olganda, jamoat tashkilotlari, yirik korxona va maktablar 1 yanvardan, uy xo‘jaliklari esa faqat 1 martdan kamroq to‘laydi.
Bundan tashqari, Germaniya oyiga 49 yevroga yagona chipta (jamoat transportidan foydalanish chiptasi) joriy qilmoqda. Bu chipta yordamida nemislar butun mamlakat bo‘ylab jamoat transporti va shahar atrofidagi poyezdlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu oilalarga sayohat xarajatlarini tejash imkonini beradi va hech bo‘lmaganda ba’zi avtomobil egalarini jamoat transportidan foydalanishga majbur qiladi. Yozda shunday dastur mamlakatda oyiga atigi 9 yevro bo‘lgan.
Berlinning bunday keng ko‘lamli choralari darhol YeI tanqidiga uchradi: qo‘shnilar bilan kelishilmagan holda bunday katta hajmdagi mablag‘larni kiritish boshqa mamlakatlarda narxlar oshishiga olib kelishidan qo‘rqishmoqda.