Germaniya Mudofaa vazirligi harbiy halokat rejimini joriy etdi
Germaniya Mudofaa vazirligi mamlakat g‘arbidagi toshqinlar sababli harbiy halokat rejimini joriy qildi. Dushanbadan beri mintaqada ikki oylik miqdor yomg‘iri yog‘di, Reyn irmoqlari – Ar va Moselle hamda bir nechta kichik daryolar qirg‘og‘idan toshib chiqdi.
Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Reynland-Pfals yerlari ayniqsa zarar ko‘rdi. Tuproqning cho‘kishi tufayli ba’zi uylar qulab tushdi. Mintaqada qutqaruvchilardan tashqari, 900 ga yaqin harbiylar ishlamoqda.
Toshqindan allaqachon yuzdan ortiq odam halok bo‘lgani tasdiqlandi. Mingga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, yo‘qolganlar soni kamroq bo‘lishi mumkin, chunki suv bosgan yo‘l va uyali aloqa tarmog‘i uzilganligi tufayli zarar ko‘rgan hududlarda bo‘lganlar bilan aloqaga chiqishning iloji bo‘lmayapti.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer toshqin oqibatida vayronagarchiliklar ko‘lamidan "hayratda qolganini" aytdi va qurbonlar oilalarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, u mamlakatlarni global isish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda ko‘proq kuch sarflashga chaqirdi.