Germaniya prezidenti Bundestagdagi o‘rinlarni qisqartirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Bundestagdagi o‘rinlar sonini 736 tadan 630 tagacha qisqartirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda nemis OAVlari.

"Bundestag deputatlari sonini qisqartirishga qaratilgan islohot kuchga kirdi. Shtaynmayer tegishli qonunni imzoladi", deb yozadi Zeit gazetasi prezident devoniga tayanib.

Nashrning eslatishicha, mart oyi boshida qonun loyihasi Bundestag tomonidan qabul qilingan edi.

Qonun deputatlik o‘rinlari sonini qisqartirishdan tashqari, Bundestagga kirish uchun 5 foizlik qattiq to‘siqni joriy etishni nazarda tutadi. Hozirgacha parlamentga bu to‘siqdan o‘tmasdan kirish imkonini beradigan variantlar bekor qilinmoqda.

Bavariya shtati hukumati va Xristian-ijtimoiy ittifoq partiyasi qonun konstitutsiyaga zid deb hisoblagani uchun uni bekor qilishni talab qilish uchun sudlarga murojaat qilmoqda.