Grant tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taminlashda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish” mavzusidagi davlat granti 1-tanlovi g‘oliblari ro‘yxati

1. SOS O‘zbekiston bolalar mahallasi Samarqand filiali (SOS O‘zbekiston bolalar mahallasi Samarqand filiali termo-issiqxona va jonli burchakni tashkil etish loyihasi uchun) – 31 million so‘m;

2. "Umid-D" xayriya markazi (Samarqand viloyati NNTlarining salohiyati va huquqiy savodxonligini oshirish loyihasi uchun) -31 million so‘m;

3. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Urgut tumani bo‘linmasi Kengashi (“Kasbiy mahorat – ayollarga daromad” loyihasi uchun) – 31 million so‘m;

4. "Rahmdillik" jamiyati (Oila farovonligi, oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, barkamol avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish loyihasi uchun) – 31 million so‘m;

5. O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Samarqand viloyati bo‘limi (“Ko‘ngillarning gul toji – kitob” loyihasi uchun) – 28 million so‘m;

6. O‘zbekiston xalqaro "Oltin Meros" xayriya jamoat fondi Oqdaryo tumani muassasasi (Mahalla aholisini kitobxonlikka jalb etish maqsadida "Yosh kitobxonlar amfiteatri"ni ochish, teatr huzurida "Xalq kutubxonasi nomli elektron kutubxona faoliyatini tashkil etish" loyihasi uchun) – 31 million so‘m;

7. Samarqand viloyati "Tengdoshim" nodavlat notijorat tashkiloti (Ijtimoiy xizmat: parvarish va ish bilan ta’minlash loyihasi uchun) – 30 million so‘m;

8. Zarnews.uz sayti (Viloyatda "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida jamoatchilik nazoratini o‘tkazish, bosma va elektron OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish) – 31 million so‘m;

9. “Tadbirkor ayol” uyushmasi Paxtachi tumani bo‘linmasi (“Tayyorlanayotgan tadbirkor - kelajakka madadkor” loyihasi uchun) – 31 million so‘m;

10. O‘zbekison yoshlar ittifoqi Jomboy tumani kengashi (“Ma’naviyat xazinasi” loyihasi uchun) – 30 million so‘m.