Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash” mavzusida 3-davlat grantlarini ajratish uchun tanlov e’lon qildi

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

  1. Nogiron shaxslar oilalariga turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;
  2. Nogiron shaxslar uy xo‘jaligini rivojlantirish orqali ularning o‘zini - o‘zi band qilishga ko‘maklashish;
  3. Mehnatga layoqatli nogiron shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash;
  4. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yakka yolg‘iz qariyalarga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj boshqa shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
  5. Ko‘zi ojizlar, kar-soqovlar va boshqa turdagi nogironiligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarni ta’minlashga ko‘maklashish;
  6. Ko‘zi ojiz, kar-soqov va boshqa turdagi ehtiyojmand nogiron shaxslarning turmush sifati darajasini yuksaltirishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
  7. Nogiron shaxslarni zarur dori-darmonlar, tibbiy anjomlar va boshqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashga ko‘maklashish;
  8. Nogiron yoshlar orasida “besh tashabbus” tamoyillarini keng joriy etish, ularni ijtimoiy-ma’naviy yuksaltirish;
  9. Nogiron shaxslarni davlat organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borish mexanizmlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
  10. Nogironligi bo‘lgan yoshlarni o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
  11. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish;
  12. Ijtimoiy sheriklik asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
  2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
  3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining Ustavi (Nizomi) hamda guvohnomasining nusxalari.
  4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi.
  5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori - 100 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2022 yil 29 iyuldan 31 avgustgacha  qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.