Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Mahallalarda obodlikni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini, tibbiy va ekologik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida 4-davlat grantlarini ajratish uchun tanlov e’lon qiladi

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

  1. Orolbo‘yi hududlarida ekologik vaziyatni tiklashga ko‘maklashishda hamda aholi salomatligini mustahkamlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
  2. “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda NNTlarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
  3. “Mening mahallam – obod va yashil makon” shiori ostida mahallalar obodligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish
  4. Mahallalarda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
  5. Mahallalarda ochiq sport maydonchalari yaratish, sog‘lom turmush tarzi, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirishga ko‘maklashish;
  6. Mahalla aholisining ma’naviy dunyoqarashi va birdamligini ta’minlashda ijtimoiy sheriklik ahamiyatini yuksaltirish;
  7. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
  8. Ijtimoiy sheriklik asosida ijtimoiy-iqtisodiy muammolari ko‘p bo‘lgan qishloq va mahallalarda Yangi O‘zbekiston mahallasining qiyofasini yaratish;
  9. Olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir mahallalarni obodonlashtirishga qaratilgan ijtimoiy sheriklik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
  10. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolari ko‘p bo‘lgan hamda olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir mahallalarda ayollar va yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
  2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
  3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining Ustavi (Nizomi) hamda guvohnomasining nusxalari.
  4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi.
  5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 100 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2022 yil 29 iyuldan 31 avgustgacha  qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.